Foto: IIV axborot xizmati
O‘zbekiston ichki ishlar vaziri boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan o‘rganishlar yakuni bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, unda ichki ishlar vaziri, general-leytenant P.Bobojonov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.Sariyev, respublika va shahar-tuman sektor rahbarlari, jumladan, ichki ishlar, prokuratura, soliq, shuningdek, jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasi uchun mas’ul bo‘lgan barcha davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda asosiy e’tibor 2019 yil davomida va joriy yilning o‘tgan davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligiga qaratilib, aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning mol-mulklarini ishonchli muhofazalash, yoshlar ishtirokidagi huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi.
Yig‘ilish davomida o‘z xizmat vazifalarni bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani va xizmat vazifasini lozim darajada bajarmaganligi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i R.Yeshimbetov, Probatsiya bo‘limi boshlig‘i P.Seytmuratov va Yo‘l-patrul xizmati otryadi komandirining o‘rinbosari A.Masharipov hamda Qonliko‘l tumani IIB boshlig‘i M.Xojamuratov, To‘rtko‘l tumani IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Mansurov, Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari B.Isakov, Nukus shahar 4-son IIB boshlig‘i M.Utemuratov, Qo‘ng‘irot tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi katta inspektori R.Kalandarovlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy safarbarlik bo‘limi boshlig‘i D.Tadjimov, Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i X.Ochilov, Qonliko‘l tumani IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Paluanov, Xo‘jayli tumani IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O.Nuraddinov, Xo‘jayli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i A.Sariyevning har biriga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi