5 fevral kuni Surxondaryo viloyati Angor tumanida 2012 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini 2 million so‘mga sotishga uringan ayol ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi, deb xabar beradi viloyati IIB axborot xizmati.
Ayol Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi, Angor tuman bo‘limi, Angor tuman Ichki ishlar bo‘limi, Angor tuman Davlat xavfsizlik xizmati va Angor tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida, olingan ma’lumotlarga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Termiz shahrida yashovchi U.M. ismli ayol o‘z qaramog‘idagi o‘g‘lini Angor tumanidagi oshxonalarning birida O.B. ismli ayolga sotishga uringan.
Mazkur holat yuzasidan, 13 fevral kuni U.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi («Odam savdosi») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi