15:37 / 15.02.2020
3 454

Shaxs qaysi holatlarda ma’muriy qamoqqa olinishi mumkin?

Shaxs qaysi holatlarda ma’muriy qamoqqa olinishi mumkin?
Ma’muriy qamoqqa olish uch sutkadan o‘n besh sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun—o‘ttiz sutkagacha muddatga qo‘llaniladi. Ma’muriy qamoqqa olish tuman, shahar ma’muriy sudi tomonidan, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, shuningdek harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshlig‘i tomonidan belgilanadi.

Ma’muriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollarga, o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxslarga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.

Ma’muriy qamoqqa olish:
- Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun;
- Transport vositalarini mast holda boshqarganlik uchun;
- Mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik uchun;
- Jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilganlik uchun;
- Fohishalik bilan shug‘ullanganlik uchun;
- Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzganlik uchun;
- Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzganlik uchun;
- Militsiya xodimini qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun, tilanchilik qilish, ya’ni voyaga yetmagan shaxslarni, keksa yoshdagi shaxslarni, ruhiy kasalliklari, nogironligi bo‘lgan shaxslarni tilanchilik qilishga jalb qilganlik uchun sud tomonidan ma’muriy qamoqqa olinishi mumkin.

A.Jumayev
Quva tuman ma’muriy sudi raisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shaxs qaysi holatlarda ma’muriy qamoqqa olinishi mumkin?