22:18 / 17.02.2020
3 139

«Qamchiq» dovonida yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

«Qamchiq» dovonida yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Shu yilning 16 fevral kuni «Qamchiq» dovonida harakatlangan «MAN» rusumli yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga o‘tib ag‘darilib ketgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, YTH natijasida haydovchining o‘ng oyoq qismi qisilib qolgan. Hodisa yuzasidan navbatchilar boshchiligidagi qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va jarohatlangan fuqaroni chiqarib olishgan. Qutqaruvchilar tomonidan birinchi tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilib, «Rezak» tez tibbiy yordam xodimlari orqali Pop tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan. O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida haydovchining hayoti saqlab qolindi, deyiladi FVV xabarida.

Shuningdek, yo‘l-transport hodisasi oqibatini bartaraf etish va xavfsiz harakatni ta’minlash maqsadida, «Qamchiq» dovonidagi Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi fuqaro muhofazasi xizmatlaridan 18 nafar xodimlar, 5 ta maxsus texnikalar jalb etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Qamchiq» dovonida yuk mashinasi ag‘darilib ketdi