20:46 / 18.02.2020
3 354

«Qonunga avvalo amaldorlar itoat qilsin!»

«Qonunga avvalo amaldorlar itoat qilsin!»
Qachonki mas’ullar o‘zlari qonunga amal qilsa, o‘zlari vijdonan bajarishga o‘tsa, xalq ulardan ko‘rib, namuna oladi. Mas’ullar ochiqchasiga qonunni buzib, unga amal qilmay ishlaydigan bo‘lsa, xalq ham shunga qarab ish tutadi.

Surxondaryo misolida aytadigan bo‘lsak, Donayeva degan fuqaromiz bir yarim oydan beri murojaat qiladi muammosi bilan. O‘rganib chiqdim. Hayron qoldim. Qanaqasiga?! Davlatning nomidan buzib tashlangan uyining o‘rniga yer berilyapti, fuqaro unga ishonib, shu yerga uy quryapti. Orada yangi hokim kelyapti, ‘Iye sug‘oriladigan yerga uy qurib olibsan-ku, buniyam buzasan” deyapti. Ayting, endi u nima qilishi kerak?! Chiqyapti, chirqirayapti, oxiri bolta ko‘tarib chiqishga majbur bo‘lyapti. Ayolni shunday chiqishga nima, kim majbur qilyapti? Mas’ullarning o‘zi majbur qilyapti. Gap u haqda ketmayapti-da, yo‘q, bu sug‘oriladigan yerda qurgan deydi.

Toshkent viloyatida deyarli hammamizning uyimiz sug‘oriladigan yerda joylashgan. Bizning odamlarimizning otni kallasidek yuragi yo‘q. Davlat bilan o‘ynashishga qo‘rqadi. Shunchaki ololmaydi yerni.

Fuqaro uyini bir kunda qurmagandir? Nimaga qurib bo‘lgunicha hech kim indamadi? U bundan manfaatdor, qachondir xizmatini qilib, pulini olib qo‘ygan, shuning uchun indamaydi.

Bugun menga okrugimdan 10 kishi chiqdi. Hammasining qo‘lida kadastr hujjati bor, ammo kattalar uyingni buzasan, deyishgan. Mas’ullarimiz sudning qaroridan keyingina buzish mumkinligi haqidagi talabni esdan chiqarib qo‘ydimi? Nima uchun senga 2 kun muhlat, uch kun muhlat, buzasan, deyishga o‘tdi?!

Nimaga o‘zlari qonunga amal qilmaydi?!
Mas’ullar shu paytgacha qonuniy yo‘l bilan, hech qanday pora so‘ramasdan fuqarolarga yer ajratib kelganida edi, fuqarolar qandaydir yashirin ishlar bilan shug‘ullanmas edi.

Rasul Kusherbayev,
Oliy Majlis deputati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Qonunga avvalo amaldorlar itoat qilsin!»