08:28 / 19.02.2020
3 756

Mustaqillikni boy berib qo‘ymaymizmi? Yoxud YEOII haqidagi xavotirlar...

Mustaqillikni boy berib qo‘ymaymizmi? Yoxud YEOII haqidagi xavotirlar...
«Rossiyada ishlayotgan 2,2 million odamning har biri oyiga 100 dollarga yaqin patent uchun pul to‘laydi. Bir yilda 1000 dollar pul ketadi. Endi, agar Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘ladigan bo‘lsak, to‘g‘ri, bu kimgadir yoqar, kimgadir yoqmas — o‘zicha siyosatdonlar ko‘payib ketdi: ‘Mustaqillikni berib qo‘yamiz’, deydigan. Kimga beryapmiz mustaqillikni? Mustaqillikning berilishini nimada ko‘ryapsizlar, deb savol beradigan odamning o‘zi yo‘q».
Bu bosh vazir Abdulla Aripovdan iqtibos.

Mayli, biz, - Mustaqillikni berib qo‘yamiz, deb ayyuhannos solayotganlar siyosatdon bo‘la qolaylik.
Lekin keling, bir necha daqiqaga O‘zbekistonni YEOIIga qo‘shildi, deb tasavvur qilamiz. Migrantlarimiz ahvoli yaxshilanadimi, ya’ni bundan ular yutadimi?

Rostanam, agar YEOII O‘zbekistonni o‘z safiga qo‘shib olsa, migrantlar mehnat patenti uchun to‘lovlardan qutulishadi. Lekin endi xuddi Rossiya fuqarosi yoki YEOII a’zolari fuqarolari singari qator soliqlarni to‘lashni boshlaydi.

Birinchidan - bu jismoniy shaxlarning daromadlari solig‘i (ruscha abbreviatura NDFL), amaldagi stavkasi 13%. Masalan, 40 ming rubl daromadga ega migrant 5200 rubl soliq to‘laydi. Bu hali hammasi emas, asosiysi endi boshlanadi.

O‘zbek migrantini ishga olgan rus ish beruvchisi o‘zbek migranti uchun quyidagi soliq va yig‘imlarni to‘lashi kerak bo‘ladi:
Pensiya sug‘urtasi - 22%, 8800 rubl;
Tibbiyot sug‘urtasi - 5.1%, 2040 rubl;
Mehnatga layoqatsizlik sug‘urtasi - 2,9%, 1160 rubl;
Jarohat sug‘urtasi - eng kichik tarif bo‘yicha 0,2%, 80 rubl.
Jami - 12080 rubl.

Sodda qilib aytganda, o‘zbek migrantiga 40 ming rubl oylik hisoblashi uchun rus ish beruvchisi 12080 rubl soliq to‘lashi kerak. Bunda o‘zbek migranti qo‘liga sof 34800 rubl pul tegadi. Ya’ni 34800 rubl uchun jami 52080 rubl xarajat qilinmoqda.

Bunga rus ish beruvchisi boradi, rozi bo‘ladi, deb o‘ylaysizmi?

Hozir rus ish beruvchisi, masalan, qirg‘iz migrantlaridan o‘zbek migrantlarining afzal ko‘rayotgani sababi ham aynan shu emasmi? O‘zbek migranti mehnat patenti to‘lab rus ish beruvchilari uchun nisbiy afzallikka ega bo‘lib turmayaptimi?

Yo bizning hukumatda o‘tirganlar o‘zbek migrantlari YEOIIga a’zo bo‘lsak, migrantlarimiz norasmiy, mehnat shartnomasi tuzmay ishlaydi, deb o‘ylashmoqdami? Unda migrantlarimiz hozirgidan ham badtar ahvolga tushishmaydimi?

Darvoqe, qirg‘iz migrantlari huquqlari Qirg‘iziston YEOIIga kirgach, yanayam abgorlashgani bizga dars emasmi? Hozir Rossiyada migratsiya nazoratchilari va politsiya zavod va sexlarda mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlayotgan qirg‘iz migrantlarini ov qilishni o‘zlariga kasb qilib olgani hech kimga sir emas.

Qo‘shimchasiga, YEOIIga qo‘shilgach o‘zbek migrantlarida pul o‘tkazmalari bo‘yicha ham cheklovlar paydo bo‘lishini kimdir hisobiga kiritayaptimi?

Manba: @the_bakiroo

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mustaqillikni boy berib qo‘ymaymizmi? Yoxud YEOII haqidagi xavotirlar...