Foto: OAKA
Bugun, 19 fevral kuni «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasining muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Kun.uz nashri.
Qonun loyihasida OAV erkinligini buzganlik uchun javobgarlik belgilanishi ko‘zda tutilgan.
Unga ko‘ra, quyidagilar OAV erkinligini buzish deb malakalanishi mumkin:
- fuqarolar, davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslari, jamoat birlashmalari tomonidan tahririyatlar, ommaviy axborot vositalari tarqatuvchilarining, shuningdek jurnalistlarning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish,
senzura,
- tahririyat faoliyatiga noqonuniy aralashish va uning ixtisoslashuv erkinligining buzilishi,
- OAVning noqonuniy tugatilishi yoki to‘xtatib turilishi,
- tahririyatning ma’lumot so‘rash va olish huquqi buzilishi,
- bosma nashrni chop etishning noqonuniy to‘xtatilishi, uning bir qismi yoki to‘liq adadining yo‘q qilinishi,
- qonuniy asosda faoliyat ko‘rsatayotgan OAV mahsulotining tarqatilishiga to‘siq qo‘yish, davriy bosma nashrlarning chakana savdosiga noqonuniy cheklovlar qo‘yish,
- jurnalistni axborotni tarqatish yoki uni tarqatishni rad etishga majbur qilish.
Bundan oldin OAVga davlat mansabdorlari ustidan parlamentga murojaat qilish huquqi berilishi, davlat amaldorlariga xususiy OAV ta’sis etish taqiqlanishi mumkinligi xabar qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Aleksandr Lukashenko: “Rossiyadagi saylov natijalari G‘arb aralashuvi ustidan g‘alaba qozondi”
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Qirg‘iziston prezidenti masjidda namoz o‘qib, iftorlik berdi
Putin: Yangi vazifalar, NATO, Ukraina va Fransiya bilan munosabatlar
Vaqt hech kimni ayamaydi: Jeki Channing yangi suratlari muxlislarni tashvishga soldi
Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud?
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai