20:19 / 19.02.2020
2 954

Bank foydasiga kredit qarzdorligi undirib berildi

Bank foydasiga kredit qarzdorligi undirib berildi
Asaka tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil 28 oktabrdagi ijro varaqasiga asosan ATB “Mikrokreditbank” foydasiga “Asaka g‘ayrati” fermer ho‘jaligidan jami 209 mln 894 ming 360 so‘m kredit qarzdorligi undirilishi belgilangan. Mazkur sud hujjatiga ko‘ra, undiruv fermer xo‘jaligiga tegishli “SHAANXI SX3254DR” avtotransport vositasiga qaratilishi ko‘rsatilgan.

Shundan so‘ng, Majburiy ijro byurosi Asaka tuman bo‘limi tomonidan garovga qo‘yilgan, boshlang‘ich sotuv bahosi 380 mln so‘m baholangan “SHAANXI SX3254DR” avtotransport vositasi kredit qarzdorligi uchun xatlanib, elektron onlayn auksion savdosiga chiqarildi. 27.01.2020 yilda ushbu transport vositasi 395 mln. 200 ming so‘mga sotilib, sotuvdan tushgan pullarning tegishli qismi qarzdorlikni bartaraf etish uchun ATB “Mikrokreditbank” hisob raqamiga yo‘naltirildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bank foydasiga kredit qarzdorligi undirib berildi