21:26 / 19.02.2020
4 909

Yangi vazir kambag‘allikdan qanday chiqish mumkinligi haqida gapirdi

Yangi vazir kambag‘allikdan qanday chiqish mumkinligi haqida gapirdi
Bugun Adliya vazirligida yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining asosiy vazifalari, faoliyat yo‘nalishi va vakolatlari to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor etish maqsadida tashkil etilgan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda adliya vazirining o‘rinbosari Akbar Tashkulov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan vazir lavozimiga ma’qullangan Rahmat Mamatov va uning o‘rinbosarlari hamda soha mutaxassislari, ekspertlar, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tashkil etilishiga sabab nima?

Rahmat MAMATOV, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri:
Vazirlik tashkil etishdan maqsad – ilgari mahallalarda ish yuritib kelgan xotin-qizlar, “Nuroniy” jamg‘armasi, profilaktika inspektorlari faoliyat yuritgan. Lekin ularning hammasi har yerda bo‘lib, bitta musht bo‘lib ishlamagan. Endi bular bitta maqsadda bir yoqadan bosh chiqarib faoliyat ko‘rsatadi. Yana bir muhim jixati – ilgari mahallallarning mablag‘i bo‘lmagan. Bundan keyin mahalla raisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi.

Shu kungacha respublikadagi 9121 ta mahalladan 3000 dan ortig‘i o‘z binosiga ega bo‘lmagan. Ular hokimliklar, tadbirkorlar tasarrufidagi binolarda, hattoki, o‘z xonadonlarida ham ishlab kelgan. Tashkil etilgan vazirlikda 4 ta vazir o‘rinbosarlari: xotin-qizlar, nuroniylar, profilaktika inspektori va 4-o‘rinbosar tadbirkorlikka ko‘maklashish ishlarini nazorat qiladi.

Mahallalardan ajratiladigan moddiy yordam bilan Prezidentimiz aytgan kambag‘allikdan chiqib bo‘lmaydi. Mahalla qachonki fuqaro bilan manzilli yondashuv qilib, daromad topish yo‘llarini birgalikda topib, yordamga muhtoj oilalarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga imkon yaratilsa, moddiy ahvolni yaxshilash mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi vazir kambag‘allikdan qanday chiqish mumkinligi haqida gapirdi