18:55 / 20.02.2020
4 451

12 yoshli qizchaning ziyrakligi tufayli o‘g‘irlik sodir etgan shaxslar qo‘lga olindi

12 yoshli qizchaning ziyrakligi tufayli o‘g‘irlik sodir etgan shaxslar qo‘lga olindi
Toshkent tumani IIB tomonidan 12 yashar qizchaning ziyrakligi va kuzatuv kameralari orqali “o‘g‘irlik” jinoyati bilan gumonlangan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Voqea tafsilotlarga ko‘ra, Hasanboy MFYda joylashgan xonadonlarning biriga 3 nafar shaxslar o‘g‘irlik qilish maqsadida kirgan. Shu vaqtda xonadonda yashovchi 12 yoshli Madina uyga kelib qolgach, ular jinoyatni oxiriga yetkazolmay voqea joyidan qochib ketishgan.

Ushbu holatni qizcha mobil telefoniga tasvirga olishga ulguradi va darhol tuman IIBga xabar beradi.
Shuningdek, ularning jinoyat joyidan qochib ketishlari, mazkur mahalla ko‘chalarida o‘rnatilgan kuzatuv kameralarga ham qayd qilingan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida jinoyat fosh etildi. Ichki ishlar bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan ushbu shaxslar qo‘lga olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 12 yoshli qizchaning ziyrakligi tufayli o‘g‘irlik sodir etgan shaxslar qo‘lga olindi