07:30 / 21.02.2020
5 091

IIV «Jizzaxda kaltaklangan otaxon» bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi (video)

IIV «Jizzaxda kaltaklangan otaxon» bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi (video)
19 fevral, chorshanba kuni, ijtimoiy tarmoqlarda «Yana bitta oqpadar farzand 80 yoshli otasini haqoratlab, unga qo‘l ko‘targan» deb nomlangan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi izoh berdi.

Holat yuzasidan surishtiruvlarda ushbu holat 2019 yil 13 fevral kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani Pastki Sarmich qishlog‘ida yashovchi 1936 yilda tug‘ilgan, muqaddam ikki marotaba sudlangan fuqaro O.Tolipov xonadonida sodir bo‘lganligi aniqlandi. Videoda ko‘ringan otaxon xonadon egasi O.Tolipovning o‘zi bo‘lib, u sobiq turmush o‘rtog‘i O.Jo‘rayevani 2015 yil 13 avgust kuni qasddan o‘ldirgandan so‘ng agressiv holatga tushib qolganligi, mustaqil harakat qila olmasligi, ko‘zi ko‘rmasligi, soch-soqol va tirnoqlarini olish maqsadida farzandlari unga qaragan vaqtida doimiy ravishda qarshilik ko‘rsatib, qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilib kelishi, yashash xonadonida kiyimlarini yechib tashlash holatlari kuzatilganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat sodir bo‘lgan kunda ham O.Tolipovning o‘g‘li, 1972 yilda tug‘ilgan Z.Tolipov va uning turmush o‘rtog‘i, 1970 yilda tug‘ilgan M.Mansurova O.Tolipovning kiyimlarini almashtirish, yuvintirish hamda tanasining orqa qismiga toshgan yaralarga dori qo‘yish maqsadida yashash xonadonining peshayvoniga olib chiqqanligi, u esa doimgidek o‘g‘li va keliniga qarshilik ko‘rsatganligi, holatni Z.Tolipovning qizi, 2000 yilda tug‘ilgan Sh.Obidjonova qo‘l telefonida tasvirga olganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yangiobod tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIV «Jizzaxda kaltaklangan otaxon» bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi (video)