O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi raisi Aktam Hayitov shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan Milliy tiklanish partiyasi yetakchisi Alisher Qodirovning fikriga munosabat bildirdi. Bu haqda nasafnews nashri xabar bermoqda.
“Surxondaryo voqealari juda dolzarb tus oldi, avvalo bu yerda fuqarolarni ham ayblab bo‘lmaydi. Bizda tizimda kamchiliklar bor. Alisher Qodirovning deputat sifatida xalqni oldida mas’ulligi bor. Biz qonunda yozilgan normani oyog‘osti qilishga haqqimiz yo‘q.
Fuqaro sifatida har kimning o‘z shaxsiy fikri bor. Alisher Qodirov ham fuqaro sifatida o‘zini fikrini aytgan bo‘lishi mumkin. Deputat sifatida esa bunday fikr bildirish noto‘g‘ri.
Chunki unga bitta odam ovoz berganmi yoki ikkita ularni hurmat qilishi kerak.
Surxondaryoliklar Alisher Qodirovni saylamagan bo‘lsa, uning partiyasidan kimnidir saylagan bo‘lishi mumkin. Yana bir narsa aniqki, har bir saylovchi deputatdan har bir savoliga javob olishga haqli. Unga meni siz saylamagansiz deyish to‘g‘ri deb o‘ylamayman”, — dedi partiya yetakchisi.
Ma’lumot uchun, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari — parlamentdagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani “Xalqobod” mahallasida 14 fevral, juma kuni, aholi va hokimiyat vakillari o‘rtasida yuz bergan ziddiyatli holatga munosabat bildirgan edi.
Uning shu mazmundagi posti Facebookda muhokamalarga sabab bo‘lgani, xususan, foydalanuvchilardan birining: “Sizdan nima kutish mumkin? Xalqni ayblash oson. Haqiqiy deputatlar saylanmaguncha, shu ahvol”, degan kommentiga javoban: “Men sizni umidvor qilmaganman, mendan hech narsa kutmang. Siz meni saylamagansiz, bundan keyin ham saylamaysiz… saylamasangiz ham mayli”, mazmunida qoldirgan javobi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi