2020 yil 15 fevral kuni soat 21:00da Namangan viloyati Norin tumani “To‘lqin” mahallasida joylashgan uylarning birida sinfdoshlar orasida tadbir o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, uning davomida 17 yoshli O.U. tadbirga qo‘shni mahalladan kelgan 17 yoshli B.S. bilan o‘zaro janjallashib, yonida olib kelgan pichoq bilan B.S.ning tanasiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Natijada B.S. tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, O.U. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Qayd etilishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi