11:25 / 21.02.2020
2 815

Sud’ya va o‘quvchi yoshlar uchrashuvi

Sud’ya va o‘quvchi yoshlar uchrashuvi
Dang‘ara tuman ma’muriy sudining raisi E.Ortiqov hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudi raisi X.Sotvoldiyevlar tomonidan 2020 yil 14 fevral kuni Dang‘ara tumani XTBga qarashli 12-sonli maktab binosida maktabning yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan ochiq muloqot davra suhbati o‘tkazildi.

Dang‘ara tuman ma’muriy sudining raisi E.Ortiqov hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudi raisi X.Sotvoldiyevlar tomonidan o‘quvchilarga hozirda voyaga yetmaganlar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilib, sud majlislarida ko‘rib chiqilayotgani achinarli holat ekanligi, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni salbiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Bundan tashqari o‘quvchilar bilan o‘zaro savol-javob tashkil etilib, eng faol qatnashgan o‘quvchilarga o‘zbek adiblarining badiiy kitoblari taqdim etildi.

Dang‘ara tuman ma’muriy
sudining raisi
E.Ortiqov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sud’ya va o‘quvchi yoshlar uchrashuvi