18:30 / 21.02.2020
3 243

Umurzoqov Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifini misli ko‘rilmagan deb atadi

Umurzoqov Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifini misli ko‘rilmagan deb atadi
«Aniq aytish mumkinki, Turkiyaga tashrif mazmuni, sifati, muhokama qilingan masalalar va kelishuvlar darajasi bo‘yicha misli ko‘rilmagan bo‘ldi», - dedi O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov.

Shu bilan birga, vazirning tan olishicha, «biz ko‘plab davlatlardan bo‘lgan sheriklar, shu jumladan, turkiyalik hamkorlar bilan ham to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni endi o‘rganyapmiz». «Tashrif davomida umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan yangi investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Bundan tashqari, bir qator yirik yo‘nalishlar bo‘yicha rejalar mavjud», - deya qo‘shimcha qildi Umurzoqov.

Shu bilan birga, Ronesans Holding turk holdingi O‘zbekistondagi loyihalarga qariyb 8 milliard dollar sarmoya yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya bilan «O‘zmetkombinat» AJni modernizatsiya qilish va rivojlantirishga 630 million yevro miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga 4,1 milliard dollar miqdorida investitsiya kiritish, shuningdek, kasalxonalar va savdo markazlari qurilishi bo‘yicha qariyb 3 mlrd dollar qiymatidagi yangi loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

2020 yil yakuniga qadar tomonlar o‘zaro savdo aylanmasi hajmini 3 milliard dollarga, keyingi yilda 5 milliard dollarga yetkazishi kutilmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-20 fevral kunlari Turkiyaga tashrif buyurdi va u yerda ikki mamlakat rahbarlari raisligida birinchi marotaba oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Umurzoqov Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifini misli ko‘rilmagan deb atadi