Foto: Yashnobod tuman hokimligi
Yashnobod tuman hokimligi yangi barpo etilayotgan yerusti metro yo‘lining «Do‘stlik-2» bekatidan «Qo‘yliq» bekatigacha bo‘lgan 11,2 kilometr masofani yanada obod etish, aholiga qulaylik yaratish uchun tadbirkorlarni hamkorlikka taklif etmoqda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmatiga tayanib Daryo xabar berdi.
Mazkur metro yo‘li bo‘ylab aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, dam olish maskanlari, bolalar maydonchalari, velo va yugurish yo‘laklari bunyod etish ko‘zda tutilgan.
Foto: Yashnobod tuman hokimligi
«Tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, shahrimiz chiroyiga chiroy qo‘shishni o‘z oldiga maqsad qilgan hamshaharlarimizni yangi loyihalari bilan kutamiz», — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Toshkentda qurilayotgan halqa metro liniyasining birinchi bosqichi bo‘lgan Do‘stlik–Qo‘yliq uchastkasida 6 ta bekat qurib bitkazilgan. Oraliq yo‘nalishidagi 2,3 ming metr masofada dastlabki poyezdlar sinov tariqasida harakatlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring