10:32 / 22.02.2020
2 855

Navoiyda firibgar fuqaroni 260,0 mln so‘m pulga «uxlatdi»

Navoiyda firibgar fuqaroni 260,0 mln so‘m pulga «uxlatdi»
2020 yil 18 fevral kuni 26 yoshli M.K. Navoiy shahar IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lumotiga ko‘ra, u arizasida MCHJ rahbari 32 yoshli F.E. birgalikda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni taklif qilib, 2019 yil sentabr oyida undan 260 000 000 so‘m pul mablag‘larini olib, shu kunga qadar bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qayd etilishicha, tergov harakatlari davom etmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda firibgar fuqaroni 260,0 mln so‘m pulga «uxlatdi»