Samarqandda homilador ayol va uning 5 yoshli o‘g‘lini simyog‘och bosib qoldi. Hodisa Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasidagi №35 maktab oldida, kech soat 20.00 atrofida sodir bo‘lgan.
Hodisadan jabr ko‘rgan U.R va uning besh yoshli o‘g‘li kasalxonaga olib borilgan. Guvohlardan biri Andrey Boltayevning ma’lum qilishicha, avvaliga qarsillagan baland ovoz eshitilgan, so‘ngra esa bola yig‘isi. Voqea joyiga yetib borgan guvoh ayol kishini simyog‘och bosib qolganini ko‘rgan, uning yonida esa bola yig‘lab turgan edi.
Shundan so‘ng bir necha kishi yon-atrofdan o‘tib ketayotgan «Tez yordam» mashinasini to‘xtatgan. Ammo shifokorlar boshqa chaqiriqqa ketayotganini ro‘kach qilib, yordam bermagan. Qo‘ng‘iroq qilib chaqirilgan ikkinchi «Tez yordam» brigadasi esa 15-20 daqiqa o‘tib yetib kelgan.
Bunga qadar odamlarning o‘zi simyog‘ochni ko‘tarib, ayolni chiqarib oldi va jabrlanganlarni kasalxonaga yetkazib bordi. E’tiborli tomoni, yordam berish uchun to‘xtagan taksi haydovchisi jabrlangan ayolning turmush o‘rtog‘i bo‘lib chiqqan.
Hodisa natijasida ayolda miya chayqalishi kuzatilgan va bir qator tana jarohatlari olgan. Bolaning esa oyog‘i jarohatlangani xabar qilindi.
Shahar ahli bir necha bor simyog‘och xavfli holatda turgani haqida shikoyat qilgani, ammo ma’muriyat hech qanday chora ko‘rmagani aytilmoqda.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi