22:32 / 22.02.2020
3 019

Ayollar nega jinoyatga qo‘l urmoqda?

Ayollar nega jinoyatga qo‘l urmoqda?
Bosh prokuratura yig‘ilishida ushbu masalalar ham ko‘rib chiqildi. Qayd etilganidek, Xotin-qizlar qo‘mitalarining huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish borasidagi faoliyati kutilgan samarani bermayapti.

Ayollar tomonidan 11 ta bosqinchilik, 38 ta qotillik, 75 ta og‘ir tan jarohati yetkazish, 484 ta o‘g‘rilik va 202 ta giyohvand moddalar muomalasi bilan bog‘liq jinoyatlarga qo‘l urilgan.

Masalan, Koson tumanida yashovchi, og‘ir ahvoldagi, kam ta’minlangan 25 yoshli Z. o‘zining yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini onasi bilan birga 5 mln. so‘mga sotayotganda ushlandi.

Z. ham, uning onasi ham kam ta’minlangan, ko‘p yillardan buyon ishsiz bo‘lsada, ularni ish bilan ta’minlash, hayot tarzini o‘rganish choralari ko‘rilmagan.
Tergov davomida Z. farzandi og‘ir sharoitda voyaga yetishini xohlamaganligi sababli uni sotishga qaror qilganligini ko‘rsatgan.

Rahim Sherqulov

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ayollar nega jinoyatga qo‘l urmoqda?