«Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (104-son, 20.02.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot ma’lum qilib o‘tdi.
Qarorga muvofiq, yer uchastkalaridagi tashqi reklama ob’ektlari uchun 10 yil muddatga, davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlardagi tashqi reklama ob’ektlari uchun 5 yil muddatga DXMlar orqali reklama joylari pasportlarini berish bir martalik yig‘im summasini to‘lash orqali amalga oshiriladi.
Yer uchastkasiga o‘rnatilgan video ekranli tashqi reklama ob’ektlari uchun ko‘rsatilgan muddat qo‘shimcha 10 yil muddatga uzaytiriladi.
Hozirga qadar qonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama ob’ektlarini mazkur qaror talablariga moslashtirish uchun 6 oy muddat berildi.
Ushbu muddatda moslashtirilmagan reklama ob’ektlari egalari tomonidan ixtiyoriy ravishda o‘z kuchi bilan olib tashlanadi (aks holda bu ish sud tartibida amalga oshiriladi).
2020 yil 1 martdan boshlab Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish sohasidagi faoliyatning alohida tartibi joriy qilinadi.
Bunda, tashqi reklama ob’ektlarini yer uchastkalarida joylashtirish huquqi («E-IJRO AUKSION» orqali) faqat yuqori texnologiyali tashqi reklama ob’ektlariga beriladi.
Qaror bilan tashqi reklama ob’ektlarini o‘rnatish taqiqlangan hududlar belgilandi. Jumladan, trotuar va piyodalar yo‘laklarida tashqi reklama ob’ektlarini o‘rnatish taqiqlanadi.
Qaror bilan tashqi reklama ob’ektlarini qurish tartibi, qurish uchun beriladigan yer, bino va inshootlar ro‘yxatini shakllantirish, qurish huquqini elektron auksion orqali berish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi