Toshkentda 11 yoshli o‘g‘il va 8 yoshli qiz piyonista ota-onasidan qasddan qochib ketdi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Xabar berishlaricha, 16 fevral kuni soat 04:25 da Mirobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi navbatchilik qismiga ikki nafar voyaga yetmagan bolalarning otasi 36 yoshli Ye.A. murojaat qilgan.
U 15 fevral kuni soat taxminan 08:00 da 11 yoshli o‘g‘li va 8 yoshli qizi uydan chiqib ketib, noma’lum tomonga yo‘l olgani va uyga qaytib kelmaganini ma’lum qilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida bolalar post-patrul xizmati xodimlari tomonidan topilib, uyiga qaytarilgan.
«Ammo keyinchalik bolalar uydan qasddan qochib, spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan ota-onasidan qo‘shni uyning tomida yashirinishi ma’lum bo‘ldi», — deyiladi Toshkent shahar IIBB axborotida. Ushbu holat bo‘yicha tekshiruv olib borilib, qo‘shnilarning fikrlari o‘rganilgan.
Qayd etishlaricha, hozirda Ye.A. va uning turmush o‘rtog‘ining ota-onalik huquqini cheklash masalasini hal qilish bo‘yicha hujjatlar to‘plami tayyorlanmoqda. Bolalar esa sud qarori chiqqunicha IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam markaziga joylashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi