15:26 / 24.02.2020
5 163

Bloger Saida Mirziyoyevani o‘zbek tilida intervyu berishga chaqirdi

Bloger Saida Mirziyoyevani o‘zbek tilida intervyu berishga chaqirdi
Bloger va jurnalist Abduqodir Muminov o‘zining Facebookʼdagi sahifasida amaldorlarning o‘zbek tilida intervyu berishi kerakligi haqida gapirdi. Gap prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva haqida ketmoqda.

Taxminimcha yaqin vaqt yo oylar ichida Saida Mirziyoyeva biror bir O‘zbekiston yo chet el ommaviy axborot vositalarining o‘zbekistonlik jurnalistlaridan biriga intervyu beradi. Ammo qaysi tilda - o‘zbek, ingliz yo rus tilidami?
Men istardimki, albatta, kerak bo‘lsa, qiynalib bo‘lsa ham o‘zbek tilida intervyu berishiga umid qilamiz
“, — deydi Abduqodir Muminov.

Shuningdek, bloger agar Saida Mirziyoyeva “hech bir qog‘ozlarga boqmay, o‘zbek tilida gapirib suhbatlashsa, bu ham xalqning birdamligi uchun, davlatning o‘z meni borligini amaldagi isboti uchun yaxshi bir qilgan xizmati bo‘ladi va bu bilan xalqning yanada mehrini qozongan bo‘lardi“, deb aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bloger Saida Mirziyoyevani o‘zbek tilida intervyu berishga chaqirdi