17:30 / 24.02.2020
4 057

Endi ipoteka kreditlari bozor stavkasi bo‘yicha taqdim etiladi

Endi ipoteka kreditlari bozor stavkasi bo‘yicha taqdim etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrda PF-5886-son “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy etiladi.

- Uy-joyning maydoni va narxiga cheklov o‘rnatilmaydi.
- Aholi birlamchi bozorda (yangi qurilgan) uy-joyni mustaqil tanlaydi (joylashgan joyi va maydonidan qat’iy nazar).
- Tadbirkorlik sub’ektlari uy-joylar loyihalarini buyurtmachi aralashuvisiz o‘zlari mustaqil ravishda tayyorlaydilar.
- Uy-joylar qurilishini o‘z mablag‘lari va bozor tamoyillariga asoslangan bank krediti hisobidan amalga oshiradilar.
- Ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdorini aniqlash maqsadida Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Qurilish vazirligi har yili kvartira bir kvadrat metrining tegishli hududdagi o‘rtacha bozor qiymati hamda ikki va uch xonali kvartiralar maydonining eng kam me’yorlarini inobatga olgan holda uy-joylarning hisoblangan qiymatini belgilaydi.
- Ipoteka kreditining eng yuqori miqdori belgilanadi (uy-joylarning hisoblangan qiymatidan kelib chiqib).
- Kvartira qiymatining uy-joy hisoblangan qiymatidan oshgan va kredit bilan qoplanmagan qismi qarzdorning o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
- Ipoteka kreditlari bozor stavkasi bo‘yicha taqdim etiladi.
- Ipoteka bozorini uzoq muddatli resurslar bilan ta’minlash maqsadida Moliya vazirligi pul mablag‘larini tijorat banklariga 15 yil muddatga bozor shartlari asosida joylashtiradi (resurlar miqdoriga cheklovlar yo‘q).
- Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaygan taqdirda ipoteka kreditlari va Moliya vazirligi resurslari foiz stavkalari pasayadi, ko‘tarilganda o‘zgarmasdan qoladi.

Tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z mablag‘lari (bank kreditlari) hisobidan qurilgan birlamchi bozordagi kvartiralarini aholiga ipoteka kreditlari orqali sotish imkoniyati beriladi va buning uchun banklarga uzoq muddatli kredit resurslari ajratiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi ipoteka kreditlari bozor stavkasi bo‘yicha taqdim etiladi