19:19 / 24.02.2020
2 417

Sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlar fosh bo‘ldi

Sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlar fosh bo‘ldi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan tamaki va sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiyot buyumlari hamda tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlar o‘z vaqtida fosh etildi.

Jumladan, qo‘shni davlatdan kirib kelgan poyezd yo‘lovchilarining yuklarini belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazish vaqtida yo‘lovchi fuqaro K.R. umumiy qiymati 6 million so‘mlik 300 quti tamaki mahsulotlarini vagon o‘rindiqlari ostiga yashirib olib kelayotganligi aniqlandi.

Shunga o‘xshash yana bir holatda, mazkur poyezd yo‘lovchilari qo‘shni davlat fuqarolari Ye.S. va A.Ye.lar 1981 dona turli xil xo‘jalik tovarlari, yuvish vositalari hamda salkam 150 kilogramm og‘irlikdagi oziq-ovqat mahsulotlarini hamda 189 dona biologik faol qo‘shimchalarni vagon o‘rindiqlari ostiga yashirib olib kelayotganligi aniqlandi. Aniqlangan tovarlarning umumiy qiymati salkam 41 millon so‘mni tashkil qildi.

Shuningdek, “Moskva-Andijon” xalqaro yo‘lovchi poyezdi yo‘lovchilarining qo‘l yuklari tekshiruvi jarayonida fuqaro I.Q. umumiy qiymati 8,5 million so‘mlik 83 dona tilla va kumushdan ishlangan zargarlik buyumlari hamda qo‘l soatlarini vagon o‘rindiqlari ostiga yashirib olib kelayotganligi aniqlandi.

Mazkur poyezdning yana bir yo‘lovchisi fuqaro M.P. esa umumiy qiymati 24,2 millon so‘mlik 1341 dona turli xil tibbiyot buyumlarini vagonning xufiya joylariga bojxona nazoratidan yashirib olib kelayotganligi fosh etildi.
Hozirda yuqoridagi holatlar bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlar fosh bo‘ldi