19:35 / 24.02.2020
2 735

Sud raisi va ichki ishlar bo‘limi rahbarlari maktabga tashrif buyurishdi

Sud raisi va ichki ishlar bo‘limi rahbarlari maktabga tashrif buyurishdi
Quva tuman ma’muriy sudi hamda Quva tuman IIB rahbariyati tomonidan tumandagi 60-sonli o‘rta ta’lim maktabida maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo chorasi qo‘llanilishi va uning oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga yo‘llagan murojaatnomasi, 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun mohiyati haqida tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, yoshlarga so‘nggi uch yilda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar haqida ham ma’lumotlar berildi.

Quva tuman ma’muriy sudining
A.Jumayev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sud raisi va ichki ishlar bo‘limi rahbarlari maktabga tashrif buyurishdi