Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bojxona nazoratidan chetlab olib chiqishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, “Daut-ota” chegara bojxona posti orqali Qozog‘iston Respublikasiga chiqib ketayotgan “Mercedes Benz” rusumli avtotransport vositasi avtotarozida o‘lchanganida yo‘l yuk xujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha og‘irlikka ega ekanligi bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi hamda mazkur avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Ko‘rik natijasida, yo‘l yuk hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha 2,6 tonna anorlarni hech qanday hujjatlarsiz noqonuniy ravishda mamlakatimizdan olib chiqayotganligi aniqlandi.
Mazkur qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy qiymati salkam 40 million so‘mni tashkil qilmoqda.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi