Kun.uz manbasi xabar berishicha, bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Moliya vaziri lavozimidan ozod etilib, Iqtisodiyot va sanaot vaziri lavozimiga o‘tkazilgan Jamshid Qo‘chqorov o‘rniga Timur Ishmetov tayinlangan.
Timur Ishmetov 2019 yilning mayidan buyon Moliya vazirligida ishlab kelayotgandi. U muqaddam Markaziy bank raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Timur Ishmetov 1979 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 2000 yilda Toshkent moliya institutining «Moliya va kredit» fakulteti, 2005 yilda Birmingem universitetining International Money and Banking yo‘nalishida magistratura bosqichini, 2007 yilda -Toshkent yuridik universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2000 yilda Markaziy bank iqtisodchisi lavozimidan boshlagan. 2017 yil apreligacha turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. Jumladan, turli vaqtlarda MBning Monetar operatsiyalar departamenti, Xalqaro rezervlarni boshqarish departamenti, Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar va Valyuta boshqaruvi va nazorati departamentiga rahbarlik qilgan, 2017-2019 yillarda Markaziy bank raisi o‘rinbosari bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...