Majburiy ijro byurosi Mirzaobod tuman bo‘limi Guliston tumanlararo iqtisodiy sudning 27.12.2019 yildagi qaroriga asosan qarzdor «GULISTON GOLD YARN» MCHJdan undiruvchi «TUKIMACHI ABDULLOH» MCHJ foydasiga 1,5 mlrd. so‘m qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga qabul qilingan edi.
Majburiy ijro harakatlari davomida, ushbu ijro hujjatiga asosan MCHJ foydasiga 1,5 mlrd. so‘m qarzdorlik undirish maqsadida «GULISTON GOLD YARN» MCHJning bank hisob raqamlariga band solingan. Shuningdek, qarzdor korxonaga tegishli bo‘lgan ISUZU rusumli avtobus xatlanib, jarima maydonchasiga olib borildi.
Natijada, joriy yilning 24 fevral kuni ijro harakatlari davomida «TUKIMACHI ABDULLOH» MCHJ foydasiga 1,5 mlrd. so‘m mablag‘lar to‘liq undirilib berilgan va ijro ishi amalda to‘liq undirilganligi sababli tamomlandi, deya ma’lum qildi MIB Sirdaryo viloyat boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmog‘i. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?