Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Italiyaning OPERA SRL shirkati za’faron plantatsiyalarini yaratmoqchi. Bu haqda shirkat prezidenti Paolo de Anjelis O‘zbekistan savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikramov bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Italiyalik tadbirkor taqdim etgan loyihaning dastlabki qiymati 20 million dollarni tashkil etib, u 400 gektar yerda za’faron o‘simligini yetishtirishga mo‘ljallangan.
Za’faron gulsafsarlar turkumining Crocus navi Crocus sativus L turi takribiga kiradi.
Dunyo bo‘ylab Crocus‘ning deyarli 85 turi tarqalgan, lekin Crocus sativus L Hindiston, Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Afg‘oniston, Ozarbayjon va O‘zbekistonda, shuningdek 90 foizi Eronda yetishtiriladi.
Za’faron bugungi kunda farmatsevtika va parfyumeriya sohalarida haridorgir. 1 kilogramm za’faronning xalqaro bozorda narxi 8 mingdan 30 ming yevrogacha turadi. Albatta sifatidan kelib chiqib, deb xabar beradi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring