22:43 / 25.02.2020
4 525

Saida Mirziyoyeva: "Siz tahsinga sazovorsiz!"

Saida Mirziyoyeva: "Siz tahsinga sazovorsiz!"
Saida Mirziyoyeva o‘z telegram kanalida o‘zbek ayollari haqidagi o‘ylarini ma’lum qildi va quyidagilarni bayon etdi:
«O‘zbegim ayoli» Milliy mukofotini topshirish marosimida munis ayollarimiz uchun ko‘nglimda yig‘ib yurgan gaplarimni izhor qilishga harakat qildim.

Men uy-ro‘zg‘or tashvishlaridan ortib, oldiga katta maqsadlar qo‘ygan va ularga erishayotgan ko‘plab ayollarni bilaman hamda ularning oldida hamisha ta’zimdaman. Siz haqiqiy o‘zbek ayoli nimalarga qodir ekanini barchaga isbotladingiz. Barcha ayollarimiz jamiyatda hurmat va ehtirom qozonishga haqli va buning uchun ularga imkon berilsa bas.

Ayollarimizga qarata shunday demoqchiman: Siz tahsinga sazovorsiz!»

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saida Mirziyoyeva: "Siz tahsinga sazovorsiz!"