11:45 / 26.02.2020
2 516

Qimmatbaho metallarga egalik va tasarruf etish huquqi kimlarga beriladi?

Qimmatbaho metallarga egalik va tasarruf etish huquqi kimlarga beriladi?
Qonunchilik palatasining 2020 yil 25 fevral kuni o‘tkazilgan majlisida deputatlarning qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘lgan hujjatlardan biri «Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi bo‘ldi.

Deputatlar hukmiga birinchi o‘qishda havola etilgan yangi qonun loyihasi ushbu sohada qimmatbaho metallar, toshlarni qazib olish, ularni affinaj qilish, zargarlik buyumlarining asillik darajasini belgilash va tamg‘alash, davlat organlarining vakolatlari, qimmatbaho metallar va toshlarga egalik huquqlarining vujudga kelishi, sohada ruxsat etish tizimi asoslari ko‘rsatib o‘tilgan. Loyihada qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat egaligida bo‘lgani singari yuridik va jismoniy shaxslar egaligida ham bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Deputatlarning qayd etishicha, ushbu loyihaning qabul qilinishi sohada bir qator ijobiy natijalarni beradi. Jumladan, mamlakat iqtisodiyot tarmoqlarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar sohasidagi faoliyatni amalga oshirishning mustahkam huquqiy asosi yaratiladi.

Loyiha bilan qimmatbaho metallarning erkin muomalasi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qimmatbaho metallarga xom ashyo sifatida bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi. Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qimmatbaho metallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiquvchilardan yoki birjadan sotib olish imkoni yaratilmoqda.

Ikkinchidan, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar sohasida davlat organlarining vakolatlari aniq belgilanyapti. Bu qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish, iste’molchilarning huquqlari kafolatlanishi, halol tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilishga yordam beradi.

Shuningdek, loyiha qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasini aniqlash va tamg‘alash tartibini soddalashtirishni nazarda tutadi. Unga qimmatbaho metallar va toshlarga egalik huquqini nazarda tutuvchi normalar kiritilgan bo‘lib, bu qimmatbaho metallarga oddiy tovar sifatida qarash, tadbirkorlik sub’ekti yoki jismoniy shaxslar ham ularga egalik qilish, o‘rnatilgan tartibda erkin tasarruf etish imkonini beradi.

Mazkur qonun loyiha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlik sub’ektlariga o‘zlari ishlab chiqargan zargarlik buyumlariga o‘zlari ishlab chiqaruvchi tamg‘asi bilan tamg‘alash huquqi ham berilmoqda.

Ushbu yangiliklar sohada davlat organlari hamda boshqa ishtirokchilarning vakolatlari va javobgarlik sohasini aniq chegaralash, ushbu soha faoliyatini xufiyona iqtisodiyotdan chiqarish, tarmoqqa investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay sharoit yaratish hamda raqobat muhitini yaxshilashga ko‘maklashadi.

Shu bilan birga, kelgusida sohada tenglik muhitni yaratish, mahsulotlarning tannarxini tushirish, tadbirkorlik sub’ektlari uchun ko‘proq erkinlik va imkoniyat berish asosida yangi ish joylarini tashkil etish hamda soliq tushumlari miqdorini ko‘paytirishga sharoit yaratadi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan konseptual jihatdan qabul qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qimmatbaho metallarga egalik va tasarruf etish huquqi kimlarga beriladi?