15:33 / 26.02.2020
2 687

«Biz pul yo‘qotmoqdamiz». Aziz Abduhakimov bukmekerlik faoliyatining taqiqlangani haqida

«Biz pul yo‘qotmoqdamiz». Aziz Abduhakimov bukmekerlik faoliyatining taqiqlangani haqida
Foto: Spot
O‘zbekistonda 2021 yildan boshlab bukmekerlik kontoralarining faoliyatiga ruxsat berishi haqida ma’lum qilingandi. Spot’ga tayanib Daryo nashrining yozishicha, 2020 yil 1 iyunga qadar qonunchilikka onlayn-bukmekerlik xizmati, bukmekerlik kontoralar daromadining bir qismini sportni rivojlantirishga yo‘naltirish va davlat tomonidan nazorat qilish mexanizmlarini joriy etishni tartibga soladigan o‘zgartishlar kiritiladi.

«Bukmekerlikni qonuniylashtirishning qo‘shimcha afzalliklari bor. Ko‘ngilochar o‘yinlardan olinadigan foydaning ma’lum bir foizi majburiy to‘lov sifatida davlat g‘aznasiga tushadi. Masalan, Rossiyada bu 20 foizni tashkil etadi. Bizning futbol jamoalarimiz, asosan, o‘zini moliyalashtira olmaydi. Bukmekerlar bu masalada ham homiyga aylanishi mumkin», — deydi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yuristi Dilshod Norqobilov.

Hozirda O‘zbekiston bozorida xorijiy bukmekerlik kontoralari paydo bo‘lishi yoki faqat mahalliy monopol kompaniyalar faoliyat ko‘rsatishi noma’lum.
Agar taklif bo‘lmasa, mahalliy ishqibozlar pul tikish uchun chet elga chiqib ketadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston g‘aznasi bu orqali 50 million dollarga yaqin potensial daromaddan ayrilmoqda.

«Ko‘plab o‘yinchilar boshqa mamlakatlarga sayohat qilmoqda yoki pullarini xorijiy platformalarga sarflayapti. Biz pul yo‘qotmoqdamiz. Aynan shuning uchun biz bukmekerlik kontoralarini qonuniylashtirishimiz va bundan keladigan foydaning ma’lum bir foizini mahalliy sportni rivojlantirishga yo‘naltirishimiz kerak», — deydi bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov.

Yil oxiriga qadar Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bukmekerlik faoliyati qoidalarini buzganlik, totalizator o‘ynash, kelishilgan o‘yinlar o‘tkazish va unda qatnashish uchun javobgarlikni belgilash to‘g‘risida o‘zgartirishlar kiritiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Biz pul yo‘qotmoqdamiz». Aziz Abduhakimov bukmekerlik faoliyatining taqiqlangani haqida