15:51 / 26.02.2020
3 239

Paxta tozalash sexidagi noqonuniy ulanma

Paxta tozalash sexidagi noqonuniy ulanma
Majburiy ijro byurosi tomonidan elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish maqsadida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Byuroning Izboskan tuman bo‘limi yana bir noqonuniy ulanish holatini anqlandi.

Izboskan tumani “Obod” mahallasi, Fayziobod ko‘chasida faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkor O.T.ga tegishli paxta otish sexida o‘tkazilgan tekshirishda, elektr hisoblagichda o‘zboshimchalik bilan 200/5 tok transformator o‘rnatib olib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan mazkur holat bo‘yicha Byuro xodimlari tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalari buzilganlik haqidagi dalolatnoma rasmiylashtirilib, paxta otish sexi tarmoqdan uzib qo‘yildi.
Hozirda ta’minotchi korxonaga yetkazilgan zarar miqdori hisob-kitob qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Paxta tozalash sexidagi noqonuniy ulanma