Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi xodimlari O‘zbekiston tumani, Naymansoy qishlog‘ida joylashgan fuqaro Avazxon Pozilovga tegishli ohak ishlab chiqarish sexida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli Qarori ijrosi yuzasidan tekshirish o‘tkazishganida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotganligi aniqlandi.
Aniqlanishicha, fuqaro A.Pozilov atigi 2 kun oldin ohak ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ikki dona xumdonlarni ishga tushirgan va sinov tariqasida ikki kun davomida tabiiy gazdan hech qanday shartnomasiz noqonuniy foydalangan. Byuro xodimlari ayni shu kunlarda ohak sexiga tashrif buyurishgan.
Huquqbuzar A.Pozilov davlatga atigi 2 kun uchun 36 mln. so‘m yetkazilgan zararni to‘lashiga to‘g‘ri keldi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari jarayonida o‘z harakatlarining noqonuniy ekanligi mohiyatini yaxshi tushungan A.Pozilov yetkazilgan zararni to‘liq qoplab berdi va o‘zini o‘zi jinoiy javobgarlikdan qutqarib qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi