15:53 / 28.02.2020
3 573

Xitoylik investor Buxoroga nega keldi?

Xitoylik investor Buxoroga nega keldi?
Xitoy Xalq Respublikasining “Xuzhou Xiangyang Paper Co. Ltd” kompaniyasi tadbirkorlaridan biri Xi Vey hamkorlik asosida umumiy qiymati 15 million AQSH dollari bo‘lgan korxona barpo etish tashabbusi bilan Buxoroga keldi. U ushbu sarmoyaning 84 foizini investitsiya tariqasida kiritish taklifini ham bildirdi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Olimjon Jo‘rayevning bildirishicha, viloyat mutasaddilari bilan uchrashgan Xi Vey qog‘oz ishlab chiqarishga ixtisoslashadigan bu korxonaga oid bir qator ko‘rsatgichlar haqida to‘xtalgan. Asosan bir necha turdagi texnik qog‘ozlar tayyorlanadigan korxona sharofati bilan ming nafarga yaqin ishchi o‘rni yaratiladi.

Tadbirkorga loyihani ro‘yobga chiqarishi uchun “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasining Kogon kichik sanoat hududidan yer maydoni taklif qilindi. Investor yaqin kunlarda qurilish ishlariga kirishish niyatida.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, o‘tgan davrda “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasida investorlar tomonidan 27 ta biznes loyiha amalga oshirildi.

Istam IBROHIMOV

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoylik investor Buxoroga nega keldi?