17:53 / 28.02.2020
4 296

2 martdan to‘lov terminallari uchun vositachilik haqi joriy etiladi

2 martdan to‘lov terminallari uchun vositachilik haqi joriy etiladi
O‘zbekistonda 2 martdan to‘lov terminallari uchun vositachilik haqi joriy etiladi. Mamlakatning barcha savdo va xizmat ko‘rsatish sub’ektlari uchun o‘rnatilgan to‘lov terminallari infratuzilmasida savdo tushumining 0,2 foizi miqdorida vositachilik haqi kiritiladi. Bu haqda Markaziy bank xabar beradi.

To‘lov tizimlariga bepul xizmat ko‘rsatilishi xalqaro standartlar talablariga mos kelmaydi, shuningdek, to‘lov xizmatlari va to‘lov infratuzilmasini rivojlantirishni, yangi to‘lov mahsulotlariga investitsiya kiritishni rag‘batlantirmaydi.

Markaziy bankning ta’kidlashicha, bu tadbir bir tomondan to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish uchun xarajatlarni qisman qoplashga, boshqa tomondan bank kartalari yordamida to‘lovlarni muntazam amalga oshiruvchi mijozlarga turli bonus, diskont va rag‘batlantiruvchi dasturlarni (keshbeklar) taklif qilishga imkoniyat yaratadi, pirovard natijada esa, naqd pulsiz hisob-kitoblarni ko‘payishiga olib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2 martdan to‘lov terminallari uchun vositachilik haqi joriy etiladi