21:13 / 28.02.2020
2 948

Toshkentda ilk marta yoshlar iqtisodiy va biznes forumi ish boshladi

Toshkentda ilk marta yoshlar iqtisodiy va biznes forumi ish boshladi
Bugun, 28 fevral kuni, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida «C7- Jahon iqtisodiyoti va biznes» xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Yoshlar Ittifoqi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan xalqaro anjumanda yirik iqtisodiy tashkilot vakillari ham qatnashdi.

Anjuman Jahon Savdo Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Jahon banki, Yevropa Ittifoqi, BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha qo‘mitasi hamda Jahon turizm tashkiloti kabi integratsion tuzilmalar simulyatsiyasiga asoslangan. Forum prezidenti Abdumo‘min Ro‘ziqulov ushbu tashabbusning maqsadi va vazifalari haqida nutq so‘zladi.

«Xalqaro konferensiyadan maqsad jahonning yirik tashkilotlari faoliyati haqida yoshlarga tanishtirib, bugungi global va iqtisodiy-ijtimoiy muammolarga ilmiy asoslangan yechim topish va taqdim etish hisoblanadi. Konferensiya davomida ishtirokchilar alohida guruhlarga bo‘linib, ma’lum mavzu bo‘yicha o‘zaro bahs-munozaralar olib borishadi. Bundan tashqari, birinchi marta Vazirlar Mahkamasi modelini tashkillashtirilib, yosh iqtisodchilar o‘rtasida «2020 yilgi Budjet taqsimoti loyihasi» yoshlar o‘rtasida muhokama qilinadi. Ular davlat tashkiloti ishlash mexanizmi haqida aniq tushunchaga ega bo‘lishadi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

3 kunlik xalqaro talabalar konferensiyasida iqtisodiyot va biznes vakillaridan tomonidan mahorat darslari o‘tiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ilk marta yoshlar iqtisodiy va biznes forumi ish boshladi