20:09 / 17.02.2015
6 719

Xakerlar fevral oyi davomida 500ta yirik tashkilotga hujum qilishgan

Xakerlar fevral oyi davomida 500ta yirik tashkilotga hujum qilishgan

“Equation Group” guruhi xakerlari 500 ta tashkilotga, shu jumladan, davlat muassasalari va harbiy muassasalarga hujum uyushtirishdi, deb «Laboratoriya Kasperskogo» ma’lumotlariga iqtibos keltirgan holda “RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.

Xakerlar qaysi davlatlarga necha marta hujum qilgani ma’lum qilinmagan, biroq bu hujumlarga uchragan tashkilotlarning ko‘pchiligi Rossiya va Eronda joylashgani aytilgan.

«Laboratoriya Kasperskogo»da ta’kidlanishicha, Rossiyada xakerlik hujumidan jabr ko‘rgan tashkilotlar orasida davlat muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, energetika ob’ektlari va infratuzilmalari, harbiy muassasalar, aerokoinot sohasi korxonalari, telekommunikasiya va tibbiyot muassasalari hamda universitetlar bor.

O‘tgan yakshanbada xakerlar Rossiya hududida joylashgan banklardagi hisob raqamlaridan 300 mln dollarga yaqin pul o‘g‘irlaganlari ma’lum bo‘lgan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xakerlar fevral oyi davomida 500ta yirik tashkilotga hujum qilishgan