Ro‘zador atir ishlatsa bo‘ladimi?

  • Hayot tarzi
  • 20-06-2016, 13:27
  • 4 249
  • Ro‘zador atir ishlatsa bo‘ladimi?

    Ro‘za holatda atir ishlatish mumkinmi? Gul va shunga o‘xshash xushbo‘yliklarni hidlash-chi?

    Bahora. Samarqand.

    — Ro‘zada atir ishlatish durust. Gul hidlash ro‘zani ochmaydi. Anas ibn Molik raziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan “Ro‘zador odam o‘pishi mumkinmi?” deb so‘raydi. Shunda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Buning rayhon gulini hidlagandek zarari yo‘q”, deydilar. (Tabaroniy rivoyati). Demak, gul hidlash o‘pish kabi ro‘zani ochmas ekan.

    Faqat ud, anbar va shunga o‘xshash o‘tga tashlaganda hid chiqaradigan xushbo‘yliklarning tutunini ichga kiritsa, ro‘zani ochadi. Shuningdek, ro‘zada isiriq tutatib, tutunni ichga kiritsa ham ro‘za ochiladi. Imom ash-Shurunbuloliy: “Odamlarning ko‘pchiligi bundan g‘ofildirlar. Ularni ogohlantirish kerak, chunki, ular atir bilan udu anbar tutunini bir xil deb o‘ylaydilar”, degan (“Mavsu’at ul-fiqhiyya”).

    Manba: Islom.uz

    » » Ro‘zador atir ishlatsa bo‘ladimi?
    Яндекс.Метрика