15:00 / 10.09.2016
14 509

Vafot etganlarning qabri ziyorat qilinsa, buni ular biladimi?

Vafot etganlarning qabri ziyorat qilinsa, buni ular biladimi?

Xalqimizda Xayit bayramlari oldidan vafot etganlarning qabrini ziyorat qilish va tozalash urf-odatlari mavjud. Umuman xalqimiz o‘tganlar qabrini ziyorat qilishni kanda qilmaydi va buni hayrli ish deb biladi. Ushbu ziyoratingizni o‘tganlar ham biladimi? Bu haqida nimalarni bilasiz?

Uchtepa tumani bosh imom hatibi Quvondiq Boymurodov islom dini manbalari asosida ayni savolga oydinlik kiritdilar.

Muqaddas Islom dinimiz biz mo‘min-musulmonlarni ibodatga chorlab, solih amallar qilishga buyurar ekan, o‘z navbatida ana shu amallarimizning savoblaridan o‘tganlarning ruhlariga hadya qilish ham mumkin ekanligini ta’lim beradi.

Rivoyat qilinishicha, bir yigit Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning huzuriga kelib, onasining vafot etganini aytadi: «Nima qilsam onamning ruhini shod etgan bo‘laman?» — deb so‘raydi. Payg‘ambarimiz «Quduq qazib, suv chiqar», — dedilar. Shundan so‘ng yigit quduq qazib suv chiqardi va «Buning savobini onamga bag‘ishladim» — dedi. ( Imom Hokim rivoyati). O‘tganlar ruhini shod qilishlik nafaqat ularga solix amallarning savobini bag‘ishlash bilan, balki xarom ishlardan tiyilib, solix amallarda bardavom bo‘lish bilan ham hosil bo‘ladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qilganlar: «Sizlarning qilayotgan amallaringiz qabrda yotgan qarindoshlaringizning ruhiga ko‘rsatib turiladi. Agar yaxshi amal qilib yurgan bo‘lsangiz, xursand bo‘lib, ruhdoshlari oldida faxrlanadilar. Bordiyu gunoh ishlar qilib yurgan bo‘lsangiz, ranjiydilar va: «Ey Allohim, bizlarni hidoyatga boshlaganingdek, farzandlarimizni ham to‘g‘ri yo‘lga solmaguningcha ularning jonini olmagin», deb duo qilib turadilar.

Shariatimiz ko‘rsatmalariga ko‘ra, marhumlarning qabrlarini ziyorat qilish sunnat amallaridandir. Chunki payg‘ambarimiz (s.a.v.) bu haqda shunday deganlar: «Sizlarga qabrlarning ziyoratini ta’qiqlagan edim. Mana endi qabrlarni ziyorat qilavering, zero u sizlarga oxiratni eslatadi». Demak, qabristonga borilganda, u er insonni fikr qilishga undaydi. Shuningdek, mozorlarni obod qilish har birimizning muhim ishlarimizdan ekanligini unutmasligimiz zarur. Agar biz ajdodlarimizning ruhlarini shodlantirish maqsadida ularni ko‘p xotirlasak, farzandlarimiz ham bundan yaxshi ibrat oladilar. Ular ham bizlarni shunday xotirlaydilar.

Yana shuni bilmog‘imiz kerakki, o‘tganlarning ruhlarini shod qilishlik, nafaqat ularga solih amallarni hadya qilish bilan, balki yomon va xarom ishlardan tiyilishlik bilan ham hosil bo‘ladi. Xalqimizda ham yomon, gunoh ishlarni qilib yurgan kishilarga nisbatan, «Otangning arvohini chirqiratmagin», degan so‘zlar bekorga aytilmaydi.

Alloh taolo ulug‘ yoshdagi ota-onalarimizni o‘zining xifzu himoyasida saqlab, xalq tinchligi va farovonligini tilab qilayotgan duolarini mustajob aylasin, farzandlarimizga insof, tavfiq berib, ota-onalarini e’zozlaydigan, ularga hurmat-e’tibor ko‘rsatadigan solih insonlardan qilsin. Bir hadisda: «Kimki juma kuni yoki hayit kuni ota-onasining qabrini ziyorat qilsa, ota-onasini va ziyorat qilguvchini Alloh taolo gunohlarini mag‘firat qilgay», — deganlar. Alloh taolo o‘tmishda o‘tgan yurtdoshlarimizning barchalarini o‘z rahmatiga olib, qolganlarning farovonlikda hayot kechirishligini tinch va osoyishta hayotimiz bardavom bo‘lishligini nasib etsin.

Manba: diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Vafot etganlarning qabri ziyorat qilinsa, buni ular biladimi?