13:48 / 16.09.2016
29 554

Burjga qarab bir-biringizga qanchalik mos ekaningizni aniqlang!

Burjga qarab bir-biringizga qanchalik mos ekaningizni aniqlang!

Astrologlarning ta’kidlashicha, biz tug‘ilayotgan vaqtda osmonda yulduzlarning qanday joylashgani ma’lum ma’noda fe’l-atvorimizga o‘z ta’siri o‘tkazar ekan, deyiladi "Darakchi" nashrida. Shuningdek, tuyg‘ularimizni ifodalashimizda ham burjimiz beixtiyor o‘zini namoyon qilarkan. Agar bu gap rost bo‘lsa, juftimizning muhabbati darajasi va unga nimalar yoqishini bilish bizga zarar qilmasligi, shubhasiz! Munajjimlarning ushbu bashorati bu borada sizu bizga qo‘l keladi degan umiddamiz.

HAMAL (21.03-20.04)
Ayol — ummonning to‘lqinlari kabi shiddatli hissiyotlar sohibasi. Tez yengilishni istamaydi. Uning muhabbatiga erishish oson emas. Tashqaridan qaraganda, hamallar hissiz bo‘lib ko‘rinishlari mumkin. Birinchi taassurot, odatda, yolg‘on bo‘ladi. Bu ayol qalbining tub-tubidan juftining sevgisidan sarxush bo‘lishni istaydi. Biroq kechinmalarini tilga ko‘chirishni o‘ziga ep bilmaydi.

Erkak — haqiqiy ovchi! O‘z nishonidagi ayolning ko‘nglini zabt etish jarayoni ular uchun eng qiziqarli sarguzashtdir. Nishonga olgan ayoli «hamal»bekning sevgisini qabul qilishi bilan uning nazarida sarguzasht o‘z nihoyasiga etadi. Yana unga jismoniy yaqinlikdan ko‘ra, ko‘ngil birligi muhimroq. Qulog‘i bilan sevuvchi ayollar uchun tengsiz juft bo‘lishadi. Asad, Aqrab, Qavs burjidagi ayollar bilan tez til topishadi. Jadiy, Dalv va Sunbula bilan munosabatlarida tushunmovchilik kuzatilishi mumkin.

SAVR (21.04-20.05)
Ayol — o‘z juftiga yuqori talablar qo‘yish uning tabiatiga xos. Savr ayolning muhabbatiga sazovor bo‘lgan erkakni haqiqiy baxt kutib turgani rost. Ammo baxtiyorlik nashidasi uzoq davom etishi uchun er rafiqasining barcha xarxashasiga sabr bilan chidashi lozim. Bu ayol sevgan insoniga borlig‘ini tortiq etib, undan unutilmas hislarni kutadi. Ayolning umidlari puchga chiqmasligi uchun erkak yaxshigina harakat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Erkak — o‘ziga nisbatan ishonchi kuchli, his-tuyg‘ularga tez beriladi. Ayolarga yuqori talab qo‘yadi, shu bois juftini hurmat qiladi. Rohat hamda baxtni faqat jufti bilan baham ko‘rishni istaydi. Sunbula va Aqrablar bilan munosabati yaxshi kechadi. Asad va dalv burjidagilar bilan munosabatlarda biroz murakabliklar kuzatilishi mumkin.

JAVZO (21.05-21.06)
Ayol — bir umr oq otdagi shahzodani orzu qilishdan charchamaydi. Muhabbat va rohatga ko‘milib yashasa-da, bari unga kamdek tuyulaveradi. Qachon qaramang, erkaklar uning atrofida girdikapalak bo‘lishadi. Bu burjdagi ayolning qalbini zabt etish mushkulroq. Bir qarashda, o‘ta sovuqqondek ko‘rinsa-da, muhabbati qarshisida o‘z ehtiroslarini oshkor etadi.

Erkak — qarshi jins vakillarini romantik tabiati bilan o‘ziga jalb qila oladi. Javzo erkaklar o‘z burjlaridagi ayollarni butunlay aksi, ehtirosli ko‘ringani bilan ba’zan undan sovuqqon inson topilmaydi. Turli «o‘yin»lar unga qiziq emas, tezroq «masala»ning asosiy qismiga o‘tishni istaydi. Juftiga e’tiborli, sevgan yorining har bir kunini bayramga aylantira oladi. Dalv ayol bilan munosabatlari yaxshi bo‘lishi shubhasiz. Sunbula, hut, Qavs», Mezon hamda Aqrab bilan yulduzi yulduziga har doim ham to‘g‘ri kelavermaydi.

SARATON (22.06-22.07)
Ayol — o‘zini xuddi qirolichalardek tutadi, hissiyotlarning quli bo‘lish unga yot. Biroq juftini es-hushidan ayirish uchun hamma narsaga tayyor. Xayolot dunyosi chegara bilmaydi. Sevgan insonining ko‘nglini ko‘tarish uchun chin yurakdan intiladi.

Erkak — o‘ziga ishonchi baland. Uning nazarida, har qaysi ayolni o‘ziniki qilishi uchun bir qarashi kifoyadek. Hammani boshqarishga qaratilgan kuchli istagini inobatga olmaganda, Saraton erkak haqiqiy ma’nodagi oshiqdir. Kutilmagan sovg‘alarni xush ko‘radi. Hut, Aqrab, Dalv ayollar bilan yaxshi juftlikni tashkil qiladi. Hamal, Sunbula, Jadiy, Mezon va Savr burji vakilalari bilan munosabatlarda keskinliklar kuzatilishi mumkin.

ASAD (23.07-23.08)
Ayol — har qanday erkakni o‘ziga oshiq qilishga qodir. Olovli burj vakilasi ko‘proq qulog‘i va ko‘zi bilan sevadi. Ehtiroslarga berilmaydi. Sevgan insonining unga erishish yo‘lidagi urinishlarini maza qilib tomosha qiladi.

Erkak — Ayollar muhabbatini qozonish bo‘yicha ustasi farang. Faqat omadsizlik uning kuchli tabiatini sindirishga qodir, shuning uchun mag‘lubiyatdan qo‘rqib yashaydi. Xiyonat, uning nazarida, yor tanlashda adashganlikni tan olishdir. Demak, bevafolik unga xos emas, axir Asad hech qachon adashmaydi-ku! Hamal va Dalv bilan yaxshi munosabatda bo‘ladi. Mezon, Saraton va Aqrab burjidagilar esa havas qilarli juftlik bo‘lolmaydi.

SUNBULA (24.08-23.09)
Ayol — doim sevgan insonining yonida bo‘lishni istaydi. Tasavvur olami juda boy, juftini turli yangiliklar bilan xursand qilishni xush ko‘radi. Uni hech qachon ruhan tushkun ahvolda ko‘rmaysiz. Hayotga optimistlik bilan qarashi hammaning havasini keltirishi tayin. Sevgan yorini har qanday cho‘qqilarni zabt etishga ilhomlantira oladi.

Erkak — orzularidagi yagonasini topmagunga qadar ehtiroslardan butunlay yiroqda bo‘ladi. O‘z juftini uchratgach, u uchun tog‘ni talqon etishga ham shay turadi. Sunbula vakillaridan etiborliroq erkak yo‘q. Erta-yu kech jufti yonida bo‘lishini xohlaydi. Savr, Jadiy bilan tez til topishadi. Javzo, Mezon, Hut va Qavs xonimlar bilan munosabatga kirishishi mushkulroq.

MEZON (24.09-23.10)
Ayol — uning nazarida ayol ishq borasida birinchilikni qo‘lga olmasligi lozim. Shu tufayli uning jufti rafiqasiga nima yoqish yoki yoqmasligini topolmay halak bo‘ladi. Mezonlar uchun sevgan insoni bilan qalban bog‘lanishning o‘zi etarli, jismlar birlashuvi va ehtirosga hayot uchun muhim hodisa deb baho bermaydi.

Erkak — o‘zining «eng-eng» ekanligiga ishonchi komil. Tanlagan yori ana shu ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qilmasa, undan tez voz kechishi mumkin. Mezon erkakning jufti baxtli bo‘lish uchun erini doim maqtab turishga majbur! Hamal, Dalv va Javzo ayollar bilan yulduzi mos. Saraton, Sunbula, Savr va Jadiy burji vakilalari bilan chiqisha olmaydi.

AQRAB (24.10-22.11)
Ayol — hissiyotlarga beriluvchan. Asalarilar gul atrofida parvona bo‘lgani kabi, erkaklar ham uning oldidan bee’tibor o‘tib ketisha olmaydi. Yuragida muhabbat tuyg‘usi bo‘lmasa, hammaga zaharli nishini suqishga tayyor turadi. Juftiga sodiq bo‘lib, ehtirosga berilishi uchun unga keksalik to‘sqinlik qila olmaydi.

Erkak — unga teng keladiganini topish murakkab masala. “O‘xshamay qolsa-chi?” yoki “Yoqmasa-chi?” kabi ikkilanishlar Aqrablarga yot. Yoqimli so‘zlar, erkalatishlar bilan har qaysi ayolni iydirib yuborishi shubhasiz. Hut va Saraton unga juda mos. Asad, Jadiy va Savr bilan esa biroz qiynalishi mumkin.

QAVS (23.11-21.12)
Ayol — faqat bir insonni sevadi, u ham bo‘lsa o‘zini! Erkaklar ham uni ana shu o‘ziga bo‘lgan ishonchi uchun yoqtirishadi. Ehtiros hamda his-tuyg‘ularni jilovlash fikri unga butunlay yot! Qavs ayolning muhabbatiga aylanish uchun jufti haqiqiy ma’noda osmondagi oyni olib berishiga to‘g‘ri keladi. Chunki bu ayolning e’tiborini quruq gaplar bilan jalb qilib bo‘lmaydi.

Erkak — go‘zallik oshig‘i. Ayolning yuragini zabt etish unga mushkuldek tuyulsa, darrov o‘zgasini topishga intiladi. Bu erkakni oilaparvar er qilish uchun rafiqasi sevgi malikasiga aylanishi kerak. Asad, Hamal va Qavs ayollar bilan munosabatga oson kirishadi. Sunbula, Hut va Javzo ayollar uchun unchalik mos juftlik emas.

JADIY (22.12-20.01)
Ayol — sevmagan insoniga hatto qo‘lini ushlatishga ham yo‘l qo‘ymaydi. Duch kelgan inson bilan tanishishni xayoliga ham keltirmaydi. Tanlagan yorini ming chig‘iriqdan o‘tkazishdan charchamaydi. Imtihonlaridan o‘tgan juftiga bir umrlik rohat va baxt ato eta oladi. Biroq rashkchi va jizzakiligi ko‘pgina erkaklarni qo‘rqitadi.

Erkak — hayotdan lazzatlanib yashashni istaydi. Tanlagan yori bir umrlik bo‘ladi. Rohat onlariga nisbatan insonga berilgan eng oliy baxt deya baho beradi. Juftiga ishonchi cheksiz. Ruhan, qalban hamda jismonan faqatgina bir ayol bilan birga bo‘lishni istaydi. Sunbula, Savr va Jadiy ayollar bilan yaxshi juftlik bo‘la oladi. Hamal, Mezon va Saraton ayollar bilan munosabatlarda chigalliklar kuzatiladi.

DALV (21.01-20.02)
Ayol — Tasavvur olami boy, ammo ehtiroslarini kamdan-kam namoyon qiladi. Jiddiy erkak uchun undan yaxshiroq yor topilmaydi. Jufti uchun hamma narsaga tayyor, qovushishga nisbatan odatiy ish deb qarasa-da, buni aslo eriga bildirmaydi.

Erkak — olovli temperament sohibi. Go‘zallik qurshovida bo‘lishni xohlaydi. Ayolning ehtirosliligini jozibasi va chiroyiga qarab belgilaydi. Asad, Mezon va Javzo ayollar orzusidagi muhabbatlari. Hamal, Aqrab va Saratonlar bilan esa oilaviy munosabatlar borasida chiqisha olmaydi.

HUT (21.02-20.03)
Ayol — orzular olamida sayr qilishni xush ko‘radi. Romantik, kuchli temperament egasi hamda ovchi tabiatidagi erkaklarni yoqtiradi. Kuchli erkak qarshisida o‘zining butun jozibasini oshkor qiladi. Yangiliklarni tatbiq qilishdan cho‘chimaydi.

Erkak — tinimsiz harakatda. Ayol bu erkak bilan kechgan lazzat onlarini uzoq vaqt unutolmaydi. Yaxshi suhbatdosh, biroq haqiqiy hislarini kamdan-kam ayollarga ishonadi. Saraton va Hut bilan yaxshi juftlik hosil qiladi. Sunbula, Dalv va Aqrab bilan muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Tavsiflarni o‘qib, «Biz bir-birimizga mos emaskanmiz» degan fikr kelmadimi xayolingizga? Hukm o‘qishga shoshmang! Maqola hukm emas, xulosa qilishingiz uchun yozilgan. Taqdir peshonangizga bitgan juftingiz bilan muhabbatli onlarni baxtdan sarxush o‘tkazishingizni tilab qolamiz…

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Burjga qarab bir-biringizga qanchalik mos ekaningizni aniqlang!