23:55 / 23.11.2016
20 202

O‘ziga ishonchni qanday egallash mumkin?

O‘ziga ishonchni qanday egallash mumkin?

Qanday qilib kuchli va o‘ziga ishongan odam bo‘lishga erishish mumkin? Shuni aytish mumkinki, inson o‘ziga ishonchni darrov egallay olmaydi, buning uchun kam bo‘lmagan vaqt va kuch sarflash kerak bo‘ladi. Agar Siz o‘z ustingizda ishlasangiz va maqsad sari intilsangiz, albatta o‘zingiz istagan narsaga erishasiz.

O‘ziga ishonchi etishmagan insonlarga maslahat:
1. Biron bir yangi narsani sinovdan o‘tkazing va uni rivojlantiring. Bu Sizning qobiliyatlaringizni ochilishiga, yangi bilimlarni egallashingizga, biron bir qiziqarli narsalarni bilishingizga va yoqimli hissiyotlarni his etishingizga hamda optimistik ruhda fikrlashni boshlashga o‘rgatadi.
2. O‘z oldingizga maqsad qo‘ying va unga erishing. Eng kichigidan boshlang, keyin bir muncha muhimiga o‘ting, undan so‘ng buyuk orzular sari intiling. Shunday qilib Siz juda ham ko‘piga munosib ekanligingizni tushunib etasiz.
3. O‘z fikringizni ifodalashga urining va o‘z fikringizda turishga rioya qiling. Kimnidir do‘stlik uchun yoki qo‘rqqaningiz uchun qo‘llab-quvvatlamang, balki har qanday holatda o‘z nuqtai nazaringiz to‘g‘riligini asoslashga va uni himoya qilishni o‘rganing.
4. Ishonch bilan gapirishni o‘rganing. Bu juda ham muhim, chunki baland ovozda, ishonchli va hissiyotli aytilgan fikr, boshqalarga qiziqarli va ularning e’tiborini ko‘proq tortadi, bir xildagi va titroq ovoz bilan aytilgan fikrga nisbatan.
5. Har doim o‘zingizga g‘amxo‘rlik qiling. Agar Siz jozibador ko‘rinishga intilsangiz, bu Sizni avtomatik ravishda yanada o‘ziga ishongan shaxsga aylantiradi.
6. Ijobiy tarzda fikrlashga harakat qiling. Agar Siz nimagadir erisha olmasligingizga ishonsangiz ham, hammasi yaxshi bo‘lishiga o‘zingizni ishontiring, tushkunlikka tushmang, o‘z xatolaringizdan xulosa qiling, harakat qiling va faqat oldinga.
7. Siz o‘zingizning kuchli tomonlaringizni bilishingiz, uni mohirona ishlatishingiz va undan manfaatli foydalanishingiz kerak.
8. Agar Siz haqingizda kimdir hech narsani uddalay olmaydi desa, unga quloq solmang. Oxir oqibat, “urinish – qiynalish emas”.
9. O‘zingizga shubha qilmang. Albatta, hayotda shubha uchun joy bor, lekin uni mavjud vaziyatni o‘zgartirish uchun sabab deb qabul qilishni o‘rganish kerak, keyingi harakatlardan voz kechish uchun deb emas.
10. Har bir narsani mukammal qilishga harakat qilmang. Albatta, harakat qilishingiz va yaxshi bajarishga intilishingiz kerak, lekin yo‘l qo‘ygan xatolaringiz o‘z qobiliyatlaringizni shubha ostiga qo‘ymasligi kerak.
11. Siz haqingizda kimdir noto‘g‘ri o‘ylasa, bundan xavotirga tushmang, o‘zingiz bilan bo‘ling. Hali erishmagan narsangizga, o‘zingizni erishgandek tutmang.
12. Sovuqqonlikni o‘rganing. Agar Sizda nimadir o‘xshamagan bo‘lsa ham, o‘zingizni xuddi hammasi joyidadek tuting.
13. Yo‘q muammoni izlamang. Boshqacha aytganda “pashshadan fil yasamang”, bir muncha ko‘ngilsizliklarni unchalik ham jiddiy qabul qilmang, ular qanday ko‘rinsada Sizni qo‘rqitishi kerak emas.
14. Agar kerak bo‘lsa g‘ayri odatiy harakatlar qilishni o‘rganing, faqat reja asosida emas.
15. Nimanidir kutmang, yaxshi ob-havoni, ish haqingizni oshirishlarini, yilning muhim vaqtini va hokazo. Shu erda va hozir boshlashni o‘rganing, bu hayotingizda juda ham asqotadi. Shunday qilib agar Siz sport bilan shug‘ullanishni istasangiz, dushanbani kutmang, bugunoq trenajyor zaliga boring.

Agar Siz o‘zingizga nisbatan ishonch etarli emas deb hisoblasangiz, yuqorida ifodalangan maslahatlarga rioya qiling, o‘z ustingizda ishlang va Siz kuchliroq, omadliroq va maqsad sari intiluvchi insonga aylanasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » O‘ziga ishonchni qanday egallash mumkin?