17:29 / 02.12.2016
12 581

Har bir ayol bajarishi lozim bo‘lgan 25 vazifa!

Har bir ayol bajarishi lozim bo‘lgan 25 vazifa!

Darakchi.uz sayti har bir ayol bajarishi kerak bo‘lgan 25 vazifani tuzib chiqdi.

1. Oila qurish!
2. Oilasining xotirjamligi va tinchligini saqlash, uni asrab-avaylash!
3. Ikkita erkakni tarbiyalash: eri va o‘g‘lini...
4. Ro‘zg‘or yumushlarini va kasbini bir-biriga halal bermaydigan darajada olib borish.
5. Ro‘zg‘or ishlarini o‘z qo‘liga olish, ularni a’lo darajada yuritish.
6. Jufti haloliga tani, ruhi va fikri bilan vafodor bo‘lish.
7. Turmush o‘rtog‘i uchun eng yaqin do‘st bo‘lishga erishish.
8. Eri uchun eng go‘zal, maftunkor, jozibali va eng aqlli ayol bo‘lish.
9. Erkakni ilhomlantirish, katta-katta ishlarga undash.
10. O‘zining salomatligi va tashqi ko‘rinishi haqida unutmaslik! Doim go‘zal bo‘lishga intilish.
11. O‘zidan hech narsani ayamaslikni o‘rganish. “Menga shunisi ham bo‘laveradi” degan gapni tamomila unutish!
12. O‘ziga oro berishni bilish! Buning uchun qimmatbaho zeb-ziynatlar shart emasligini bilish.
13. Chiroyli, bejirim kiyimlar bilan o‘zini xushnud etish. O‘ziga yarashgan liboslarni kiyish.
14. Ayollarga xos nazokatni yo‘qotmaslik!
15. Eri bilan ham jismoniy, ham ruhiy yaqinlikni his qilish. har qanday holatda ham eri bilan to‘shagini alohida qilmaslik!
16. Juftini ardoqlash, sevish va hurmat qilish.
17. Chiroyli va shirin gaplar bilan erini maqtab turish.
18. Eriga bo‘ysunishni bilish. Vaqtida “xo‘p bo‘ladi”ni ayta olishni unutmaslik!
19. O‘z his-tuyg‘ularini boshqarishni o‘rganish.
20. Sabr-toqatli bo‘lish. Kerakli vaqtni kuta bilish.
21. Mayin va past ovozda so‘zlash. Ishoning, baland ovozda gapirgandan ko‘ra bu siz uchun samaraliroq bo‘ladi.
22. E’tiborli bo‘lish. Hech narsani ko‘zdan qochirmaslikka harakat qilish.
23. Farzandlarni tarbiyalash, oq yuvib, oq tarab, o‘stirish.
24. Yuqoridagi barcha ishlarni mehr-muhabbat bilan bajarish.
25. Erkak kishi bajaradigan ishlarning birortasini ham o‘z zimmasiga olmaslik!

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Har bir ayol bajarishi lozim bo‘lgan 25 vazifa!