22:35 / 02.12.2016
19 595

Bir ayolning «bezbetligi» (Hayotiy voqea)

Bir ayolning «bezbetligi» (Hayotiy voqea)

Turmush o‘rtog‘im bilan supermarketdan xarid qildik. Men qandolatchilik maxsulotlari bo‘limiga yaqinlashganimda erim g‘azna oldiga borib navbat olishini aytib ketdi. Bir ikkita shirinlik oldim-u g‘aznaga bordim. Erimni ortida yana uch-to‘rt ayol navbatda turardi. Men erim yoniga borib shunday dedim:

— Kechirasiz, meni xaridlarim kam edi, orqada navbatda turmay sizni aravangizga solib g‘aznadan birga to‘lab o‘tsakchi?

— Mayli, — dedi erim. Uning orqasidagi ayollar menga ensa qotirib qarab qo‘yishdi. Navbatimiz kelgach erimga:

— Menga ham to‘lab yubormaysizmi? Bor yo‘g‘i ikki quti shirinlik olgandim. Shirinliklarni yaxshi ko‘raman-da.

— Xo‘p bo‘ladi, — dedi erim. Ayollarning esa battar qoshlari uchirilib ketdi. Xaridlarni sellofanlarga joylab bo‘lgach erimga:

— Kechirasiz, mashinada bo‘lsangiz meni ham eltib qo‘yolmaysizmi?

— Bajonidil,- dediyu erim kulgidan o‘zini tutib turolmadi. Ortimizdagi ayollar hamon hayron turishardi.

Manba: Diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bir ayolning «bezbetligi» (Hayotiy voqea)