Qatiq – ichimliklar ichida eng foydalisi hisoblanadi. U organizmga ijobiy ta’sir qilish bilan birgalikda, turli xil kasalliklarni engishga ham yordam beradi. Qatiqning qanday foydali xususiyatlari va xossalari bor?
1. Organizmni ozuqa moddalari bilan ta’minlaydi
Qatiqda ko‘p miqdorda A, C, D, B vitaminlari, mineral tuzlar, oqsillar, yog‘lar va ko‘p organlar faoliyatini normallashtiruvchi sut kislotasini hosil qiladigan zamburug‘lar mavjud.
2. Immun tizimini mustahkamlaydi
Qatiq o‘zining boy tarkibi tufayli, organizmda paydo bo‘ladigan turli kasalliklar va infeksiyalarga qarshi kurashuvchi immun hujayralarini ishlab chiqaradi.
3. Oson hazm bo‘ladi
Tarkibidagi sut kislotasi oqsilning parchalanishiga yordam beradi, shuning uchun yengil hazm bo‘ladi.
4. Allergiya chaqirmaydi
Sut tarkibida ko‘plab allergiya qo‘zg‘atuvchilar bo‘lib, ular achitish jarayonida yo‘qoladi. Shu sababli, qatiq – yosh bolalar uchun ham asosiy ozuqa hisoblanadi.
5. Suyaklar va tirnoqlarni mustahkamlaydi
Qatiq tarkibida kalsiy moddasi ko‘p bo‘lgani uchun suyaklar va tirnoqlarni mustahkamlashga yordam beradi. Ko‘proq, emizuvchi onalarda kalsiy moddasi etishmasligi sababli, ularga ham qatiq ichish tavsiya qilinadi. Keksalar uchun esa, osteoporoz kasalligining oldini olish uchun eng yaxshi vosita hisoblanadi.
6. Vaznni kamaytiradi
Bu borada ko‘pchilik, qatiq yordamida yaxshi natijalarga erishgan. Bunday parhez qondagi xolesterin darajasini pasaytirishga yordam beradi va organizmdagi ozuqa balansini ushlab turadi. Parhez qiluvchilar qatiq yordamida oqsillar, vitaminlar va minerallardan bahramand bo‘ladi.
7. Ochlik va tashnalikka barham beradi
Qatiq nafaqat ochlikni, balki tashnalikni ham qondiradi.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi