11:39 / 10.12.2016
8 166

Kasb tashlashda burjingizga e’tibor berishni unutmang!

Kasb tashlashda burjingizga e’tibor berishni unutmang!

Hamal

«Hamal»lar tug‘ma boshqaruvchilik va tashkilotchilik xususiyatiga ega. Eng muhimi, ular hamma ishni o‘z vaqtida sifatli bajarishga urinishadi. Va buni boshqalarga ham uqdirishga harakat qilishadi. Ushbu burj vakillarining ko‘pchiligi sport orqali yuqori marralarga erishadilar. Chunki ular kuchini qaerga sarflashni biladi, raqobatni xush ko‘radi.

Tavsiya etiladigan faoliyat turlari:
muhandis, advokat, jarroh, futbolchi, sayyohlik korxonalari kabilarda ish boshqaruvchi.

Savr

Pul bilan bog‘liq ishlarni do‘ndirishadi. Tavakkaldan qo‘rqmaganlari va bir so‘mni ikki so‘m qilishni qoyillatadigan bo‘lgani uchun tadbirkorlik ishlari ayni muddao. Yana ularda ijodkorlik kayfiyati ham bor.

Tavsiya etiladigan faoliyat turlari:
iqtisodchi, geolog, zargar, savdo ishlari bo‘yicha menejer.

Javzo

Mahoratli, har qanday vaziyatda ham umidini so‘ndirmaydigan, o‘z navbatida ko‘ngliga xiyonat qilmaydigan bu toifa kishilardan zo‘r ruhshunos, aktyor, tashviqotchi chiqadi. Ular kishilarning qarashlaridanoq nima istayotganini bilishadi-da. Shuning uchun muhim ishlarni a’lo darajada hal qiladilar.

Tavsiya etiladigan faoliyat turlari:
yozuvchi, notiq, aktyor, jurnalist, aloqa xodimi, matbuot kotibi, tanqidchi.

Saraton

Ushbu burj vakillari yuqori mansablarni egallashga moyil sanaladi. Ammo buning bir nechta shartlari bor: ishini chin dildan yaxshi ko‘rishi, bor bilimlarni o‘zlashtirishi va jamoa doim uni qo‘llab-quvvatlab turishi talab etiladi. Ular uchun atrofdagilarning munosabati, ochiqko‘ngilligi muhim. Tasavvur olami kengligi sabab, yoshligidan e’tiborga tushadilar. Faqat kimdir ularga ilhom bag‘ishlab turishi kerak.

Tavsiya etiladigan faoliyat turlari: o‘qituvchi, shifokor, yozuvchi, quruvchi, dizayner, uchuvchi, styuardessa.

Asad

Boshqaruvchilik qon-qoniga singib ketgan. Rag‘bat, iliq fikrlardan yayrab-yashanashadi. Bu ularga oldingi ildamlashida kuch bag‘ishlaydi. Natijani oldindan ko‘rgachgina, qadam tashlaydi. Iqtisodiy, siyosiy sohalarda, ijodiy jamoalarda ishlash jonu dili.

Tavsiya etiladigan faoliyat turlari: rassom, jurnalist, vizajist, sartarosh.

Sunbula

Sinchkov, mayda-chuydalarni ham e’tibordan chetda qoldirmaydigan, tartibsizlikka tobi yo‘q, erkinlikni xushlaydigan “Sunbula”lar hamma ishlar tartib bilan bajariladigan yo‘nalishlarda muvaffaqiyat qozonadilar. Qo‘l uchida ish ko‘rishni istashmaydi.

Tavsiya etiladigan faoliyat turlari: sosiolog, tergovchi, bank boshqaruvchisi, diplomat, musahhih, muharrir, shifokor, farmasevt.

Mezon

Tabiatan kirishuvchanliklari sabab barcha sohalarda birdek o‘z yo‘lini topib keta olishadi. Ayniqsa, tibbiyot yo‘nalishida yuqori yutuqlarga erishishi mumkin. Shartnomalar tuzishga ham usta bo‘lishadi. Chunki ikkinchi tomonning ko‘nglini qanday topishni bilishadi. Va kayfiyatga qarab ish tutishadi.

Tavsiya etiladigan faoliyat turlari: shifokor, diplomat, oshpaz, aktyor, liboslar bo‘yicha dizayner, rassom, yozuvchi, kosmetolog, fotomuxbir va bastakor.

Aqrab

Ularning uchinchi ko‘zi bo‘ladi. Doim hech kim e’tibor bermaydigan narsalarni ko‘rib, kishilarning sirlaridan voqif bo‘lib yurishadi. Kichik detallarni ham nazardan qochirishmaganliklari uchun “Aqrab”lardan profesisonal jarroh, kriminalist, bojxona xodimi chiqadi. Ular tavvakaldan qo‘rqishadi.

Tavsiya etiladigan faoliyat turlari: kadrlar bo‘limi boshlig‘i, prokuror, jinoyat ishlari bo‘yicha jurnalist, harbiy, mistik asarlar yozuvchi.

Qavs

Qiziqishi bor va o‘zlariga yoqqan sohadagini karrera qila olishadi. Moddiy masalalar ular uchun to‘g‘anoq bo‘lmasligi kerak. Til o‘rganishga qobiliyati kuchli. Xotirasi o‘tkirligi ham omadi. Xavf-xatardan qo‘rqishmaydi. Nima bo‘lsa ham, maqsaddan chekinmaydi.

Tavsiya etiladigan faoliyat turlari: tarjimon, xalqaro jurnalist, kino san’ati bo‘yicha mutaxassis, sportchi, alpinist, veterinar, elchi.

Jadiy

Haqiqatgo‘y “Jadiy”lar bolaliklaridan hayotda nima istashlarini biladigan toifadandirlar. Ammo hamma joyda ildiz otib, ko‘karib keta olmaydi. Tillari chunki o‘tkir. Ularga karera ham, pul topish ham unchalik qiziqmas. Agar istasalar, xohlagan sohalarida cho‘qqiga ko‘tarilishi mumkin.

Tavsiya etiladigan faoliyat turlari: rejissyor, prodyusser, savdo ishlari boshqaruvchisi, shifokor, sportchi.

Dalv

Ko‘ngil odamlari hisoblanmish “Dalv”lar musiqa bilan bolalikdan omadli shug‘ullanishadi, ammo maktabni tugatgach, iqtisod yo‘nalishini tanlashi, bu yoqmay qolsa, yana boshqa yo‘lga sakrashlari hech gapmas.

Tavsiya etiladigan faoliyat turlari: kinoperator, ruhshunos, hisobchi, istisodchi, rassom, falsafa fanlari bo‘yicha tadqiqotchi.

Hut

Bu burj vakillarining ko‘pchiligi ota-onasining yo‘rig‘i bilan kasb tanlashadi. Puldan pul qilishni bilishadi. Bir ishning boshini tutdimi, oxiriga etkazmay qo‘ishmaydi. Tabiatdan ilhomlanishadi odatda.

Tavsiya etiladigan faoliyat turlari: xonanda, aktyor, rassom, iqtisodchi, ruhshunos, mehmonxonalar boshqaruvchisi, pedagog.

Manba: Darakchi.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kasb tashlashda burjingizga e’tibor berishni unutmang!