Yangi tadqiqot natijasiga ko‘ra, oylikdan oylikkacha yashash insonning aqliy salohiyatini pasaytirar ekan. To‘rt yil davomida olimlar ishsizlik va og‘ir moddiy qiyinchiliklar odamlarning aqliy qobiliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rgandi. Journal of Applied Psychology jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, uzoq vaqt iqtisodiy qiyin sharoitda yashash IQ darajasining sezilarli pasayishiga olib keladi.
Tajriba ishtirokchilarini kuzatish jarayonida olimlar og‘ir hayotiy vaziyat insonda bechoralik mentaliteti shakllanishiga olib kelishini aniqlashdi. Kun ko‘rish uchun doim vosita izlash ijodiy va tahliliy qobiliyatlarni o‘tmaslashtiradi, shuningdek, ko‘p bema’ni va xato qarorlar qabul qilishga olib keladi.
“Kambag‘allik insonda IQ darajasining 13-14 ta punktni tortib oladi. Keskin uyqu etishmovchiligi va alkogolizm holatlarida ham shunga o‘xshash ta’sir kuzatiladi. Bechorahol odamning o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring. Eng oddiy extiyojlarni qondirish uchun kundan-kunga ko‘proq kuch sarflashga to‘g‘ri keladi. Siz doimiy stressda yashaysiz, e’tiborsiz va jizzaki bo‘lib borasiz. Bu miya ishlashi uchun yaxshi sharoit emas”, – deydi tadqiqotda qatnashgan prinstonlik psixolog Eldor Sharif.
Qashshoqlik odamni kaltafahmlashtiradi, demak uning qiyin vaziyatdan qutulish imkoniyatlari yanada qisqaradi. Insonga esa bu tuban doirada umrbod qolib ketish xavf soladi.
Nochor odamga qanday ko‘mak berish mumkin? Ba’zi moliyachilar shartsiz daromad usulini qo‘llash orqali vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirish mumkin deb hisoblashadi. Qator mamlakatlar, xususan, Kanada, Finlyandiyada shartsiz daromad usulini tatbiq etish yo‘lga qo‘yish boshlangan.
Manba: Ayol.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi