11:59 / 14.12.2016
8 553

Kuningiz xayrli boshlanishi uchun 6 "oltin qoida"

Kuningiz xayrli boshlanishi uchun 6 "oltin qoida"

1. Uyqudan uyg‘onishingiz bilan yaxshi narsalarni o‘ylang. Engil jismoniy tarbiya mashqlarini bajaring. Chunki jismoniy faollik organizmda qon aylanashini yaxshilab, yaxshi kayfiyat gormonini oshiradi.
2. Tabassum qiling! Ruhshunoslar fikricha ertalab ko‘zgu qarshisiga turib, o‘ziga-o‘zi tabassum ulashish terapiyasi inson umrini 5 yilga uzaytiradi. Ma’qul keldimi, unda ishga kirishing!
3. Hech bo‘lmaganda 5 ta yaxshilik qiling. Shunchasini qayerdan olaman deysizmi?! Birinchisi, yaqinlaringiz bilan yaxshi muomala bo‘lsa, qolganlari sog‘lig‘ingiz, ishingiz va farzandlaringiz uchun atalishi mumkin. Eh-hey, istasangiz bir kunda o‘ndan oshiq yaxshilik qila olasiz.
4. Ishlaringizni rejalashtiring. Hayotda tartibli bo‘la olsangiz, qolgan barcha masalalarda muammo bo‘lmaydi.
5. Ikkilanishlarni unuting! Oson bo‘lmasligi rost. Ammo kunni shu zaylda qarshi olishdan nima naf? Yaxshisi, «qanday bo‘larkin» degan savolni, «albatta, uddalayman» kabi so‘zga alishtiring. Qani talaffuz qilib ko‘ring-chi. Xo‘sh, qalay?
6. Biror nimani o‘ylasangiz yoki niyat qilsangiz, hamisha qaddingizni baland tuting. Ruhshunoslar gavdani egib so‘zlash, tushkunlik, asabiylikka olib keladi, o‘ziga bo‘lgan ishonchni so‘ndiradi, deyishadi. Boshingizni baland tutganingizda esa ruhingiz ham ko‘tarinki bo‘ladi.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kuningiz xayrli boshlanishi uchun 6 "oltin qoida"