19:19 / 19.12.2016
11 060

Bo‘lajak yoringiz qanday bo‘lishi kerak? Test orqali juftingizni tanib oling!

Bo‘lajak yoringiz qanday bo‘lishi kerak? Test orqali juftingizni tanib oling!

Atrofda turli fe’l-atvorli yigitlar bisyor. Biroq ular orasidan o‘zingizga munosib, birgina nazar bilan ko‘nglingizdagilarni tushunib oladiganini topish chindan-da mushkul vazifa. Quyidagi qiziqarli savollarga javob berib, millionlab insonlar orasidan o‘z juftingizni tanib olishingiz mumkin.

1. Siz uchun ideal erkak, eng avvalo…

A. Rejalarimni amalga oshirishda ko‘makdosh bo‘lishi lozim.

B. Do‘st, hamkor, doim yonimda bo‘ladigan inson.

V. Himoyachi, uning oldida o‘zimni bexatar his etish men uchun juda muhim.

2. Erkak va ayol o‘rtasidagi yosh tafovuti qanaqa bo‘lishi kerak?

A. Yoshroq bo‘lsa, qayta tarbiyalash ham oson kechadi.

B. Tengqurlarim bilan til topishishim osonroq.

V. Tanlagan insonim mendan katta va tajribali bo‘lishini istayman.

3. Aytaylik, tanlagan insoningiz bilan arazlashib qoldingiz. Kim birinchi bo‘lib yarashish uchun qadam tashlashi kerak?

A. Albatta, erkak kishi, ular his-tuyg‘uga kamroq berilishadi.

B. Har ikki taraf ham bu noxushlikni uzoqqa cho‘zmagani ma’qul.

V. Ayolning bir pog‘ona pastroq turishi munosabatlarni mustahkamlaydi.

4. Oilangizda majburiyatlar qanday taqsimlanishini istaysiz?

A. Har qanday holatda ham erkak kishi ayoliga yordamlashishi zarur. Axir ro‘zg‘orda ayol eplolmaydigan ishlar ham bor.

B. Uy ishlari 50:50 taqsimlanishining tarfdoriman.

V. Uy yumushlari azaldan ayol kishining zimmasida bo‘lgan, bundan keyin ham bu odatni o‘zgartirishning imkoni yo‘q.

5. To‘y sayohatiga qaerga borishni istaysiz?

A. Hali ko‘rmagan joylarimni ko‘rishni istayman.

B. Ikkalamiz kelishib bir qarorga kelamiz. Uning ham fikri muhim, axir biz endi bir oilamiz!

V. Butunlay unga ishonaman, bu men shug‘ullanadigan masala emas.

6. Erkaklarning qaysi jihatlarini yoqtirmaysiz?

A. Qattiqqo‘llik, mag‘rurlik, yakka hokim bo‘lishga intilish.

B. Xudbinlik, izzattalablik.

V. Landovur, qaror qabul qila olmaydiganlarni jinim suymaydi.

7. Yigit kishi sizga qanday sovg‘a qilishi kerak?

A. Biror kerakli buyum bo‘lishi kerak.

B. Meni ham hayratlantiradigan, ham yoqimli narsa.

V. Muhimi, qimmatbaho bo‘lishi lozim, nima arzimaymanmi!

8. Mansab pillapoyalari va oilani tanlashga to‘g‘ri kelsa…

A. Albatta, inson o‘z ishiga, o‘rniga ega bo‘lishi kerak.

B. Menimcha, ayol o‘ziga etarlicha pul topsa va oilasiga ham vaqt ajrata olsa, muammo yuzaga kelmaydi.

V. Agar turmush o‘rtog‘im toparmon-tutarmon bo‘lsa, hayotimni farzand tarbiyasiga bag‘ishlashdan cho‘chimayman.

9. Qaylig‘ingiz qizlar e’tiboriga tushsa, siz...

A. Tabiatan juda rashkchiman, bunid umuman ko‘tarolmayman.

B. Bu menga yoqadi, ammo taltayib ketmasa bo‘lgani.

V. Hammaning e’tiboriga tushgan yigit faqat menga e’tibor qaratganidan xursand bo‘laman.

Natijalar

Aksariyat javoblari A bo‘lsa…


Siz kuchli ayolsiz, qo‘llovlarga, qabul qilgan qarorlaringizni kimdir ma’qullashiga ehtiyoj sezmaysiz. Balki shu sababdan ham yoningizda bosiq, tuyg‘ularini nazorat qila oladigan yigit bo‘lishini istaysiz. Ammo unga «o‘g‘lingiz»dek g‘amxo‘rlik qilishga odatlanib qolishingiz mumkin. Shu sababdan tashabbusni qo‘lga olavermay, yigitga ham imkoniyat berishingiz lozim.

Aksariyat javoblar B bo‘lsa…

Siz uchun ideal inson birinchi navbatda do‘st bo‘lishi lozim. Qiziqishlaringiz bilan bemalol o‘rtoqlasha oladigan, fikringizni qarashingizdan tushunadigan yigit bilan baxtingizni topasiz.

Aksariyat javoblari V bo‘lsa…

Juftingizni qat’iyatli va o‘ziga ishongan insonlar orasidan izlang. Chunki ularning oldida o‘zingizni himoyalangan sezasiz. Ammo yodingizda bo‘lsin, tizginni butunligicha uning qo‘liga topshirib qo‘ygan ayolllar erkaklarni osongina zeriktirib qo‘yishlari mumkin. Shuning uchun oilam mustahkam bo‘lsin desangiz, o‘z ustingizda ishlashdan to‘xtab qolmang.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bo‘lajak yoringiz qanday bo‘lishi kerak? Test orqali juftingizni tanib oling!