23:12 / 19.12.2016
19 006

Har qanday insonga kuch bag‘ishlovchi "oltin qoidalar" (Albatta o‘qing)

Har qanday insonga kuch bag‘ishlovchi "oltin qoidalar" (Albatta o‘qing)

* “Zolim” taqdir dastidan nolib yurmang. Undan ko‘ra jimgina o‘rningizdan turib, oldinga intiling hamda ish boshlang.

* Ming bor o‘ylab, ikkilanib o‘tirmang. Qiling yo qilmang. Boshqa gapga o‘rin yo‘q.

* Sayyohatga chiqing! Yiliga ikki martta oldin borib ko‘rmagan joyga boring. Sayyohat o‘zligingizni topishingizda ko‘mak beradi.

* Xato qilishingizga qo‘yib bering. Nimanidir qo‘ldan boy berdingizmi-undan saboq chiqarishni unutmang. Xato bu rivojlanish uchun eng zo‘r imkoniyatdir.

* O‘zingizga xoslikni rivojlantiring. Boringizdan boshqacha bo‘lolmaysiz. Shu bois o‘zingizdan boshqasi bilan musobaqalashmang.

* Mustaqil qaror chiqaring. O‘zgalar reseptiga qarab ovqat tayyorlamang.
* Sizni suymaganga suykalmang. Dunyo keng-bitta nigohingiz va tabassumingizning o‘zidan baxtiyor bo‘ladigan inson qayerdadir bor.

* “Yo‘q” deyishni o‘rganing. Rad javobini berishdan qo‘rqmang!

* Biron ish siz o‘ylagandek bo‘lib chiqmasada, tabassum qilishdan to‘xtamang. Unutmang, keraklini ololmaslikning o‘zi ham ba’zida omad bo‘lishi mumkin.

* Ortga nazar tashlab yashash kerakmas. Oldin sodir bo‘lgan voqealarni miyangizda aylantirib o‘tirmang. O‘sha voqea bo‘lib o‘tdi, xo‘p, bo‘ldi. Uddalay olmasangiz, unda o‘zingizga ikkita savol berib ko‘ring: “5 yildan keyin bu voqea menga shu qadar muhim bo‘ladimi?”, “Bugun kechqurun men Dubayga (siz borishni istagan istagan joy) boraman, bu muammoni o‘zim bilan birga olib ketish shartmi?”.

* Aytayotgan har bir so‘zingizni xolislik, foydalilik va ezgulik tarozisiga solib ko‘ring. Kerakli gapni ayting, ortiqchasiga o‘rin yo‘q. Yolg‘on, g‘iybat, nolishlar kerakmas! Aytar gapingiz bo‘lmasa, sukut saqlagan afzal.

* O‘ylang. Qaror qabul qilishdan oldin, uning bahosini xomcho‘t qilib chiqing.

* Kimdandir qattiq xafa bo‘lsangiz, unga javob qaytarishdan oldin 24 soat kuting.

* Mustaqil bo‘ling. Sizning baxt kalitingiz o‘z qo‘lingizda. Boshqalarniki sizning qulfingizga mos kelmasligi mumkin.

* O‘zingiz va boshqalarni hurmat qiling. Inson o‘zi tanlash huquqiga ega. Sizga taalluqli bo‘lmagan ishlarga aralashmang. O‘zganing hayotiga o‘z fikr-mulohazalaringiz bilan suqilib kirmang, o‘zingizning hayotingizni qo‘ldan boy berishingiz mumkin!

* O‘z ta’sir doirangiz ichida harakatlaning. Siz ta’sir o‘tkaza olmaydigan narsalar haqida xavotirlanish yaramaydi.

* Har kuni toza havoda bo‘ling. Hammasi obu havo va kayfiyatga bog‘liqdir.

* Orzular va g‘oyalarga ishoning. Vaqt bir chiziq bo‘ylab harakatlanmaydi.

* O‘zingizda bor qobiliyatlarni rivojlantiring. Olloh sizga rivojlanishingiz uchun kerak bo‘ladigan hamma jihatlarni berganligini unutmang. Ha, siz yuksak qobiliyat egasisiz! Faqat ko‘zingizni ochsangiz kifoya.

* O‘z so‘zingiz va ishingizga javob bering. So‘zlaringiz ulkan kuchga ega.

* Sadoqatli bo‘ling. Odamlarga, prinsiplar va o‘z qaroringizga. “Vafodor bo‘lish-tug‘ma fazilat emas. Bu sizning qaroringizdir!”

* Agar uni bajarishga uch daqiqa vaqt sarflanadigan ishingiz bo‘lsa, uni shu zahotiyoq qilib qo‘ying. Uni stol tortmasining uzoq burchagiga solib qo‘yish yaramaydi. U er allaqachon to‘lib ketgan.

* Sog‘lig‘ingizga bee’tibor bo‘lgan. U sizda bitta. Oldinda sizni yuksak cho‘qqilar kutmoqda. Ularni amalga oshirish uchun esa birinchi navbatda sog‘liq kerak.

* Tashqi qiyofa muhim. Har doim yangi marra va kutilmagan uchrashuvlarga tayyor bo‘ling. “Assalomu aleykum! Kutilmagan uchrashuv…Men bu kunni butun umrim davomida orziqib kutgandim! Eeee….Faqat kechirasiz, bugun ko‘rinishim u qadar yaxshi emas. Ko‘p ishlash oqibati…”

* Ichki xotirjamlik va garmoniyaga erishing. Insonning asl kuchi jo‘shqinlikda emas, balki ichki xotirjamlikda.

* O‘tmishni o‘tmishda qoldiring. U mavjud emas! Undan kerakli xulosa, tajribani olib, qo‘yib yuboring va yana oldinga keting.

* Hammasining o‘z vaqti va o‘rni bo‘ladi.

* Qo‘rquvlarni enging. Qo‘rquv bu shunchaki illyuziyadir.

* Har hafta so‘nggida quyidagi savollarni o‘zingizga berib, ularga javob qaytarishga harakat qiling: “O‘tgan haftada men nimani o‘rgandim?”, “Hafta davomida qilgan eng katta yutug‘im nima?”, “O‘tgan haftadagi eng yodda qolgan kun qaysi edi va nimaga?”, “Kunlarimni bo‘lmag‘ur ishlarga sarfladimmi? Agar ha bo‘lsa, qaysi?”

Hech qachon yengilmang! Qunt-matonat va qat’iylik hamisha mukofotlangan.

Manba: Diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Har qanday insonga kuch bag‘ishlovchi "oltin qoidalar" (Albatta o‘qing)